Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:20 / 2023-09-05

“Yangi O‘zbekiston” “Shukuh” rukni bilan boshlanadi. “Birinchi qo‘ng‘iroq”ning jarangdor ovozi” sahifasi yangi o‘quv yili boshlanishi bilan maktablarimizda hukmron bo‘ladigan unitilmas on, lahzalar haqida. Bu yil yurtimizda 700 mingdan ortiq bolajonlar ilk bor maktabga qadam qo‘ydi. Sahifada ularning quvonchi, hayajonlari aks etgan. Shuningdek, gazetada oziq-ovqat xavfsizligi, klaster – qishloq xo‘jaligining zamonaviy va samarador quvvati, yangi megaloyiha, xotirjamlik, yengillik bag‘ishlovchi ne’mat, Rishtonga sayyoh kelsa, xijolat bo‘lardik kabi maqolalarda inson va jamiyat, o‘zgarayotgan zamon va yurtdoshlarimiz qiyofasi aks etgan. “Qizilqum investorlarni nimasi bilan jalb qilmoqda?”, “Masofaviy ta’limning afzalligi nimada? Kamchiligi-chi?” kabi maqolalar chuqar tahlil va mushohadalarga boyligi bilan e’tiborli.

“Xalq so‘zi”da ham yangi o‘quv yili keng yoritilgan. “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” sahifasida mamlakatimizdagi barcha umumtata’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari jaranglab, 2023/2024 o‘quv yili boshlangani bilan bog‘liq lahzalar aks etgan.  “Dunyo nigohi” ruknida “Rossiyskaya gazeta”sida Rossiya Hukumati huzuridagi Moliya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tadqiqot instituti direktori Viktoriya Perskayaning “O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyoti va farovonligining asosiy ishtirokchisi” sarlavhali maqolasi e’lon qilingani haqida so‘z boradi. “Xitoy yaqin qo‘shni, do‘st va ishonchli hamkor sifatida O‘zbekistonning yutuqlaridan mamnun” sahifasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun “Dunyo” AA muxbiri savollariga javob bergan. “O‘tmishi mungli, buguni nurafshon” sahifasi Markaziy Osiyoning yirik sanoat markazlaridan biri – Navoiy shahridagi o‘zgarishlar haqida...

“Ishonch”ning bugungi soni “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” sahifasi bilan boshlanadi.  O‘zbekiston xalq shoiri Sirjiddin Sayyid “Vatan bag‘rida bo‘l bedor” she’ri bilan dillarga xitob qiladi. “Yangi o‘quv yilining ilk saboqlari”  maqolasi ham e’tiborli. Siyosatshunos, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi direktori Farhod Tolipovning “Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiyasi. Uning konsepsiyasi, modeli va dinamikasi qanday bo‘lishi kerak?” nomli maqolasi o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. Unda shunday so‘zlar bor: “...Mazkur davlatlarning mintaqaviy hamkorligi bugunga kelib, (deyarli o‘n yillik tanaffusdan so‘ng, shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan) tiklangan bo‘lsa-da, bu borada hal qiluvchi uchta savol hanuzgacha yechilmagan va hatto chuqur o‘rganilmagandek tuyuladi, menga. Bu, integratsiyaning konsepsiyasi, modeli va dinamikasi masalasidir”. Maqolani, albatta, o‘qing. Taniqli shoira Zulfiya Mo‘minovaning “O‘zbekiston desam, boshim osmonlarga yetadi” iftixornomasi maroq bilan o‘qiladi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA