Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:43 / 2023-08-31

_

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan, chet ellik investorlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. “Yangi O‘zbekiston”da ana shu  unvon, orden va medallar davlat rahbari tomonidan o‘z egalariga topshirilishi bilan bog‘liq sahifa e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30 avgust kuni Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qilgani, shuningdek, yangi tayinlangan xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qilgani to‘g‘ridagi xabarlar bilan tanishasiz. “Buyuk o‘zbek yo‘li” ruknida berilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti bosh ilmiy xodimi Turdiqul Bo‘tayorovning “O‘zbekiston mustaqillik davrida” maqolasi, ayniqsa, e’tiborli. Unda O‘zbekistonning istiqlol yillari bosib o‘tgan yo‘llari tahlil qilingan. Muallif shunday yozadi: “Bugun o‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, o‘sha davrda yangi mustaqil davlatlarni qanday istiqbollar kutayotganini hech kim aniq bilmaganini yaqqol ko‘ramiz. O‘zbekiston ham ancha mashaqqatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishi lozim edi. Shunga qaramay, o‘zbek xalqining oqilligi va hamjihatligi tufayli O‘zbekiston mana shunday og‘ir davrda ham tinch taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga, eng muhimi, turli kataklizmlar, iqtisodiy betartibliklarni oldini olishga muvaffaqf bo‘ldi”. ”Mo‘’jiza yarutuvchilarga paxta terdirgandik endi ularning obro‘sini tiklash va ko‘tarish hayotiy zarurat”, “Sentyabr: yangilik va o‘zgarishlar”, “Soddalashtirilgan tizim pensiyaga chiquvchilarni ko‘plab ovoragarchilikdan qutqaradi”, “Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyormi?”, “Milliy tarixni qayta tiklash oson kechmagan...” kabi maqolalarda istiqlol bergan imkoniyatlardan foydalanish, inson va jamiyat, e’tirof, o‘tganlar yodi haqida so‘z boradi. 

“Xalq so‘zi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi tayinlangan xoirijiy elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qilgani, yuksak mukofotlarni o‘z egalariga topshirish marosimi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qilgani haqidagi xabar – sharhlar bilan tanishasiz.O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’ri, Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mengnor Ollomurodovning “Har bir kun – imkoniyat” maqolasi, “Fuqarolarning o‘z hayotidan qoniqish darajasi yuqori” kabi maqolalarda bayramona ruh, vatan, kindik qoni tomgan yurtga mehr-muhabbatni ko‘rasiz... 

“XXI ASR” “Prezident davlatimizning yuksak mukofotlarini topshirdi” sahifasi bilan boshlanadi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Vatanim” she’ri mukofotlanganlar qatori har birimizning qalbimizda ham aks sado beradi. “Bobotog‘ bag‘ridagi xazina”, “Endi Vochaxda ham “svet” yonadi”, “Munosiblarning munosibi bo‘lish baxti”, “1 sentyabrdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?” kabi maqolalar, shuningdek, taniqli shoir Salim Ashurning Usmon Nosirga bag‘ishlangan “Tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘” yodnomasi, O‘zJOKU talabasi Gulshanoy Alijonovaning “Olayotgan har nafasim sensan, Vatan!” qalb sadolari ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. 

“Jamiyat” ko‘ngilga, qalba xitob qiladigan gazeta. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilovning “U kunlar ertak bo‘lib qolsin!” Yoxud istiqlol g‘oyibdan kelgan emas” maqolasini o‘qib, ozodlik nashidasi, erk qadrini yanada chuqurroq his etasiz. “Soyada” ishlash vaqti o‘tdi”, “Yong‘oq mo‘’jizasi”, “Omadsizlikdan omadgacha”, “Ko‘rkam, obod maskanim manim” kabi maqolalarda muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llari, inson va tabiat, o‘zlikni anglash, vaqt va umr qadriga yetish haqida so‘z boradi.     

Bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA