Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
09:56 / 2023-08-22

“Yangi O‘zbekiston”O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-23 avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi bilan borishi to‘g‘risidagi xabar bilan boshlanadi. “O‘zbekiston – Ozarbayjon: ikki qardosh xalq farovonligi yo‘lidagi mustahkam sheriklik” sahifasi dili, tili bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki do‘st xalq o‘rtasidagi munosabatlar tarixi – kechasi, buguni haqida.

Gazetada O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faollarining O‘zbekiston xalqiga murojaati e’lon qilingan. “Tadbirkorlik davri”, “Strategik sheriklikni rivojlantirish uchun keng imkoniyat”, “To‘p vaqti”dan 15 ming tonnali radioantennagacha”, “Chekka qishloqdagi sayyor qabul.Fuqarolar murojaatlariga yechim topilyaptimi?”, “Farzandlarimni o‘qitolmagandim kelinimning hujjatini o‘zim topshirtirdim”, “Yurt uchun jonini jafoga qo‘yganlar unutilmaydi” kabi maqolalarda inson qadri, ilm-fan yutug‘i, o‘tganlar yodi, bir so‘z bilan aytganda, yangilanayotgan Vatan manzaralari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham davlatimiz rahbarining 22-23 avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi bilan borishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunie’lon qilingan. O‘zbekiston – Ozarbayjon: xalqlarimiz faravonligi yo‘lida mushtarak maqsadlar”, “O‘zbekiston va Vengriya strategik sheriklikni mustahkamlamoqda” sahifalarida O‘zbekiston va tashqi olam integratsiyalashuvi haqida so‘z boradi. “Muloqot maydonida yangragan yangi g‘oya va tashabbuslar”, “Davlat byudjetining 2023 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi ko‘rib chiqildi” kabi maqolalar jiddiy va muhim masallarga bag‘ishlangani bilan e’tiborli.

“Ishonch” Jaloliddin Rumiyning quyidagi hikmati bilan o‘quvchilariga yuzlanadi:

“Ovozingni ko‘tarma,so‘zingni yuksaltir – yaproqlarni yomg‘irlar o‘stiradi, gumbirlagan momaqaldiroqlar emas...”

Tarix fanlari nomzodi, xalqaro mustaqil ekspert Baxtiyor Alimjonovning “O‘zligimiz arosatda(mi?)” maqolasini e’tibor bilan o‘qing, munozara uchun yaxshi mavzu bo‘lgan. “Endi zarar puli to‘lab beriladi”, “Bosh iqtisodchi o‘z vazifasiga qaytdi”, “Masala xodim foydasiga hal bo‘ldi”, “Sog‘lom hayotga qaytgan bolajonlar”, “Yangi Mo‘ynoq”ning maftunkor manzaralari”, “Millat oydinlari bilan uchrashuv” kabi katta-kichik xabar, maqolalarda  yuzaga chiqqan haqiqat, e’tibor, inson va jamiyat uyg‘unligi aks etgan ...

Bugungi gazetalarni o‘qing.

                                                                                                  O‘zA