Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:50 / 2023-08-21

-

“Yangi O‘zbekiston”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning Budapesht safariga bag‘ishlangan “Ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan samimiy muloqotlar” sahifasi bilan tanishasiz. Unda davlatimiz rahbarining 20 avgust kuni Budapesht shahriga tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi “OTR” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini bilan muloqoti, Turkiya  Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi, shuningdek, Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletiko bo‘yicha jahon chempionati doirasida Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich, Tatariston  Raisi Rustam Minnixanov bilan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashishlari haqida ma’lumotlar bor. “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” ruknida berilgan “Mehri daryo – Qashqadaryo ulug‘larning qadami tekkan tuproq” sahifasida Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining barqaror rivoji, aholi turmush sharoiti kundan kunga yaxshilanib borayotgani xususida so‘z boradi. “E’tirof va rag‘bat”, “Sholi yetishtirishda yetakchi davlatlar qatoriga qo‘shila olamizmi?”, “Telemeditsina sog‘liqni saqlash sohasining kelajagi bo‘la oladimi?”, “Sahna uning hayoti edi” kabi maqolalarda kunning muhim mavzulari tahlilini ko‘rasiz. 

“Xalq so‘zi”da ham davlat Prezident Shavkat Mirziyoyevning Budapesht safariga bag‘ishlangan sahifa e’lon qilingan. “O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yanada kengayadi” sahifasi o‘quvchiga ikki kunlik amaliy uchrashuvlar haqida batafsil ma’lumot beradi. “Osmondan yog‘ilayotgan qut-baraka”, “Yuksak e’tibor va rag‘bat – bugungi va kelajak taraqqiyotimiz garovi”, “Xorij sarmoyasi – istiqbolli loyihalar kafolati”, “Suv keltirgan – elda aziz”, “Quyoshdek qalblarni nurafshon etgan kitob”, “Men sizni onam deyman...” kabi maqolalarda hayot, e’tirof, mehr-muhabbat va oqibat bor...

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA