English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
09:26 / 2023-08-18

“Yangi O‘zbekiston”da 17avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan tanishasiz.

“Bir yo‘la ikki reytingda ko‘tarilish” sahifasi o‘quvchini xursand qiladi. Unda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari xalqaro reytingda mamlakatimiz 8 pog‘ona ko‘tarilgan bo‘lsa, Open Data Inventory (ODIN)ning ochiq ma’lumotlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahonda ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallagani haqida so‘z boradi. “Ozod kunlar shukronasi”, “Masofaviy bojxona nazorati tizimi”, “Mannon Uyg‘ur yaratgan maktab” maqolalariham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq muhim rasmiy xabar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilingan. “Dunyo nigohi” ruknida Markaziy Osiyo bo‘yicha rossiyalik ekspert Andrey Zkaxvatovning “O‘zbekistonning keng ko‘lamli tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda” maqolasi Rossiyaning “Moskovskiy komsomolets” gazetasida e’lon qilingani, unda muallif O‘zbekiston tashabbuslari xalqaro maydonda xorijiy davlatlar rahbarlari tomonidan ham yuksak baholanayotganini qayd etgan. “Tadbirkorlik –  yurtimiz taraqqiyotining asosiy drayveri” sahifasida davlat rahbari bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqot arafasida tadbirkorlarning dil so‘zlari o‘rin olgan.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” Cho‘lponning  mashhur “Sozim” she’ri bilan boshlanadi. Taniqli shoir Salim Ashurning “Dunyoning har yeridan Nizomiy va Navoiy ko‘rinur...”  maqolasi, To‘lan Nizom, Gulbahor Said G‘anining she’rlari, Hakim Sattoriyning “Uchovlon” nomli hikoyasi, Manzar Abdulxayrning atoqli shoir Rauf Parfi ijodiga bag‘ishlangan “Xayr endi, she’riyatga ko‘milgan hayot...”, Nodira Yangiboyevaning O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning bir hikoyasi tahliliga bag‘ishlangan “Badiiy yechim” maqolalari mutolaasidan ruhingiz orom oladi.

Adolat”da e’lon qilingan “Ibrat nomidagi institut qurilishi boshlandi” maqolasi e’tiborli. “Katta o‘zgarishlar va yangi tashabbuslar” maqolasida davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga qilgan safari va hududda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat aks etgan. “Kelgusi 7 yilda suv ishlatish samaradorligi 25 foizga oshiriladi”, “Ov”ga chiqqan uchovlon”, “Uyg‘oq xotiralar” maqolalari, shuningdek, Mavlono Jaloliddin Rumiy hikmatlari qiziqish bilan o‘qiladi.

“Vatanparvar”dagi “Yuksak parvozlar zamindan boshlanadi” maqolasi e’tiborli.  “Ilmdan boshqa najot yo‘q”,  “Odil sudlov organi”, “Adolat yagona”, “Kitoblarda yozilmaydigan o‘zbekona tarbiya”, “Axloqiy omilning roli” kabi o‘nlab maqolalarda hayotga, Vatanga bo‘lgan samimiy muhabbat borligini his etasiz.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

                                                                                      A.Narzulloyev, O‘zA