Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:39 / 2023-07-27

“Yangi O‘zbekiston”da bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilingan. “O‘zbekistonning energetika barqarorligi yo‘lidagi maqsadlari ulkan va strategikdir” maqolasida muqobil energiya va iqtisodiy o‘sish yo‘llari tahlil qilingan. Aholi bandligi – farovonlik asosi;  standartlashtirish – raqobatda yutishning birlamchi sharti;  zaminimizdagi xilma-xil mikroorganizmlar jahon mikrobiologiya fani uchun o‘ta qiziqarli yangilik manbai; ma’rifiy islohot jonkuyarlari kabi maqolalarda jamiyat, bugungi kun odami, uning tashvishi va yaqin o‘tmishda yurtimizdagi ma’rifiy muhit haqida so‘z boradi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzoning “Ma’naviy taraqqiyot hayotimizga yangicha ruh va mazmun bag‘ishlaydi” maqolasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaati gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Xalq so‘zi”da Xitoy Xalq Respublikasi ekspert va ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga doir fikr-mulohazalari aks etgan sahifa e’tiborli.  “Inklyuziv oliy ta’lim rivoji – ijtimoiy davlatning muhim belgisi”, “Xalq roziligi – ustuvor vazifa”, “Turizm sohasida 5,5 mingta yangi ish o‘rni ochiladi”, “Hududlarda bandlik dasturlarining ijrosi qay ahvolda?” kabi maqolalar, ularda ko‘tarilgan savollar mazmun-mohiyati bilan dolzarb. 

“XXI ASR”ning bugungi sonida berilgan “Bizlar ishlayapmiz...” sahifasi o‘quvchi e’tiborini tortadi. Unda O‘zLiDePning yarim yillik faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishasiz. “Tomorqadan tilla topayotganlar”, Ishbilarmon ayollar saralanyapti”, Investitsiya loyihalari – taraqqiyot mezoni”, “G‘alabaning o‘zi kelmaydi, do‘stim!” kabi sahifalarda tezkor, o‘zgarayotgan yurt manzaralari aks etgan. “Luqmon Bo‘rixon qanday odam edi?..” sahifasi kuni kecha boqiy dunyoga rihlat qilgan bebaho inson, adib Luqmon Bo‘rixon bilan vidolashuv onlariga bag‘ishlanadi...

“Ishonch”ning bugungi soni o‘ziga xos. Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik zquvchilarning yangi yutuqlari to‘g‘risidagi xushxabar, “Yoshlik ilhomlari” sahifasidan joy olgan ijod namunalari, shuningdek,  “Bugun oromgohlarda 22 000 dona kitob bor”, “Ayollarimiz millat tarbiyachisi (mi?)” nomli  maqolalar, albatta, e’tiboringizni tortadi. “Yuksak mukofot muborak, aziz nuroniylar!” sahifasi orqali O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan naqfaqa yoshdagi yurtdoshlarimizni, shuningdek, yetalicha ish davri bo‘lmasa-da, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakildlariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlagan, jamiyatda hurmat qozongan onalarning bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganiga guvoh bo‘lasiz. 

Kitob dunyosi” gazetasi rang-barang sahifalardan iborat. Misrlik adib, Nobel mukofoti sohibi Najib Mahfuzning “Nobel ma’ruzasi”, undagi “Dunyoni qanday ko‘rishni istagan bo‘lsangiz, shunday dunyo uchun kurashing!” dav’ati esda qoladi. Taniqli adib, shoir, drammaturg Qo‘chqor Norqobilning “Adabiyot dunyo eshiklarini ochadi” sahifasi orqali Dog‘istonga, bu qutlug‘ zamin adabiyotiga safar qilasiz. Ustoz Abdusaid Ko‘chimovning “Oqillar bir-birin so‘zdan taniydi...” nomli to‘rtliklari, kecha boqiy dunyoga safar qilgan benazir adibimiz Luqmon Bo‘rixonning “Long” nomli hikoyasi, shuningdek, “Shoirning so‘nggi kunlari”, “Maydondagi Sizif”, Abdulla Qodiriyning  suddagi mashhur “Menga oliy jazoni bering” nutqi, Rustam Emin, Matnazar Abdulhakimning she’rlari, zamonaviy korey yozuvchisi Choy Un Yongning “Shinchao” hikoyasi mutolaasidan ruhingiz quvvat oladi...       

“Jamiyat” – jamiyat muammolari bilan nafas oladi. Abdumajid Azimovning “Millionlab ko‘chat ekish va saraton chillasida quritish “an’ana”siga qachon chek qo‘yiladi?” maqolasida ko‘pchilikning dilidagi og‘riqli savol o‘rtaga tashlangan. Bu muammo yechimini topmas ekan, ekologik xavf, chang-to‘zon, qurg‘oqchilik, iqlim o‘zgarishi, tabiat va jamiyat, inson salomatligiga tajovuz to‘xtamaydi. Maqolada global ekologik inqirozga qarshi kurashni siz ekkan niholingizni ko‘kartirishdan boshlang, degan da’vat bor. “Amaldor Muxtorbekov stolni mushtladi...”, “Ismlar millatning ma’naviy siymosi”, “Anesteziologiya – tibbiyotning yuragidir”, “Salomatlik madaniyati nima?” kabi maqolalarda bugungi hayot yutuq va qusurlari, inson qalbi manzaralari aks etgan...

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “Quyoshliq istasang, kasbi kamol et!”, “Milliy qonunchilik Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirilmoqda”, “Ijtimoiy issiqxonalar”ning afzalliklari nimalarda ko‘rinadi?, “Tuproqqal’ada nima yangiliklar?”, “Samarqandda 2,2 kg.gacha tosh bosuvchi, yuqori sifatli kartoshkalar yetishtirilmoqda” kabi maqolalarda joylardagi real hayot, dehqonchilik sir-sinoatlari, inson qadri haqida so‘z boradi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

 

 A.Narzulloyev, O‘zA