Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
10:01 / 2023-07-25

“Yangi O‘zbekiston”da “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi” nomli sahifa e’lon qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 iyul kuni qator xorijiy mamlakatlarning davlat rahbarlari va nufuzli siyosatchilari bilan telefon orqali muloqoti, xorijiy davlat rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi bilan qutlovlari aks etgan.

“Tarix, millat va shaxs”, “Ko‘rfaz davlatlari bilan ulkan iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichi”, “O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotning o‘zagi bo‘lib qoladi”, O‘zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirovning 85 yilligiga bag‘ishlangan “Quyma quloq” baxshilarning sardori”, “Arra tutgan ayol  yoxud yog‘och o‘ymakorligi xotin-qizlar orasida ham ommalashmoqda” kabi maqolalar gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.Ularda inson va jamiyat, o‘zgarayotgan zamon va yurtdoshlarimiz qiyofasi aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi” nomli sahifa – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 iyul kuni qator xorijiy mamlakatlarning davlat rahbarlari va nufuzli siyosatchilari bilan telefon orqali muloqoti, xorijiy davlat rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi bilan qutlovlari aks etgan. “Prezident tashrifidan so‘ng...” ruknida berilgan “Mahalla barcha islohotlarimizda markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘inga aylanadi”, “Yangi O‘zbekiston: surat va siyrat chizgilari”, “O‘zbekiston – mehr mamlakati”, shuningdek, “Inson qadri ulug‘langan yurt” sahifalarida aks etgan manzaralar, bildirilgan fikr-mulohazalar, dil so‘zlari yuraklarga yetib boradi.

“Ishonch”ning bugungi sonidan gazetxon ko‘p narsa olishi mumkin. Taniqli siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Shaxsning tarixdagi roli yoxud Shavkat Mirziyoyev fenomeni va uning O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarga ta’siri haqida” nomli maqolasi, ayniqsa, e’tiborli. Maqola bilan tanisharkansiz, jamiyat taraqqiyotida shaxsning o‘rni, shaxs va jamiyat uyg‘unligi nechog‘li muhim ekanligini his etib turasiz. Jerar Larshe: O‘zbekiston mintaqaning urib turgan yuragi”, “Bolalikning boldan shirin damlari”, “Suv bor yerda hayot bor” maqolalari, “Ishonch” muxbiri Umida Xudoyberganovaning O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov bilan qilgan “Badiiy va ilmiy tarjima – madaniy yuksalish mezoni” nomli suhbatida turmush va hayot haqiqatlari aks etgan.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA