Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:57 / 2023-07-11

_

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning MDH bosh kotibi Sergey Lebedov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari, SHHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvlari tafsilotiga bag‘ishlangan sharh e’lon qilingan. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlari, xorijiy davlatlar yetakchilarining O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan qutlovi, shuningdek, “Samimiy qutlovlar” sahifasi gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi. Biz va dunyo, e’tirof, nuroniylar shukronasi, munosabat, taraqqiyot yo‘li, nuqtai nazar, tahlil va taqqos, mutolaa madaniyati va bugunning gapi ruknlarida berilgan maqolalarda inson va jamiyat, o‘zgarayotgan yurt qiyofasi aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning MDH bosh kotib Sergey Lebedov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari, SHHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvlari tafsilotiga bag‘ishlangan sharhlar e’lon qilingan. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlari, xorijiy davlatlar yetakchilarining O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan qutlovi sahifasi ham o‘quvchi uchun qiziq. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Muslihiddin Muhiddinovning “Mening Prezidentim”  maqolasi taniqli siyosatshunos, millat fidoyilaridan biri, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Qudratilla Rafiqovning shu nomli kitobi tahliliga bag‘ishlanadi. Xorijiy ellardagi vatandoshlarimizning “Biz mamlakatimizning porloq kelajagiga ishonamiz” sahifasida bildirilgan fikr-mulohazalari, dil so‘zlari yuraklarga yetib boradi.

“Ishonch” O‘zA muxbiri Muhtarama Komilovaning “Saylovda OʻzLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz to‘pladi” maqolasi bilan boshlanadi. “Xorijiy davlatlar yetakchilari O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi” sahifasi O‘zbekistondagi islohotlar, o‘zgarishlar yurtimizdan tashqarida ham katta qiziqish uyg‘otayotganidan dalolat beradi. “Bunda millat kelajagi topadi kamol...”, “Narpayda kambag‘allik qanday qisqartirilmoqda?”, “Mehr so‘zda emas, ko‘zda bo‘lar...”, “Otang yaxshimi, onang?” maqolalari, shuningdek, “Soch o‘stirmaydigan, qo‘l telefoni ishlatmaydigan chempion” sahifasida turmush va hayot haqiqatlari aks etgan.

“XXI ASR”da e’lon qilingan “Xalq tanlagan yo‘l” sahifasi  mamlakatimizda nihoyasiga yetgan Prezident saylovi natijalari tahliliga bag‘ishlanadi. O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning “Xalq mehri” she’ri esa ushbu maqolaning mantiqiy davomi bo‘lib yangraydi. “Iftixor” ruknida berilgan Asila Mirzayorovaning “Prezidentga bergan va’damni bajardim” sahifasidagi hayajonni qalbingizda his etasiz. “Vatan tarqqiyoti uchun ovoz berdik!” sahifasi Prezident saylovi hech kimni chetda qoldirmaganini ko‘rsatadi. “Mahorat maktabi” sahifasida yoshlar va jamiyat masalalari aks etgan. O‘zbekison Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ro‘zimboy Hasanning “Safar Oston” saboqlari” maqolasi siz uchun ham ibrat, saboq bo‘lgusi...

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA