Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:30 / 2023-07-04

_

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 iyul kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHTDIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashuvi, 4 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining SHHT sammitida ishtirok etishi to‘g‘risidagi xabar bilan tanishasiz. “Yangi O‘zbekiston” muxbiri Ulug‘bek Asrorovning O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov bilan “Xalq diplomatiyasi – tashqi siyosatning muhim modeli” nomli maqolasi muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangani bilan e’tiborli. Taniqli adib Xurshid Do‘stmuhammadning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlariga “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni berilgani munosabati bilan e’lon qilgan “Faxrlandik” nomli munosabat-maqolasida samimiy e’tirof  aks etgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, 50 yoshli “Yalla”ga bag‘ishlangan “Shonli yo‘l zahmatiga va shuhratli ijod zavqi” kabi maqolalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 iyul kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHTDIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashuvi, 4 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining SHHT sammitida ishtirok etishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demorkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 202 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni e’lon qilingan. Hindistonning SHHT doirasidagi tashabbuslari O‘zbekiston tashabbuslari bilan hamohang, mahallalarda boshlangan islohotlar, parlamentlararo hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, xorijiy davlatlardan 785 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgani va Turkiyaning Xatay provinsiyasi aholisiga O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan sotib olingan modulli uylar o‘z egalariga topshirilgani bilan bog‘liq sahifa, maqolalar e’tiborli.

“Ishonch” “Bolalarga bering dunyoni!” sahifasi bilan boshlanadi. “Kechikkan zarar pullari to‘lab berildi” nomli ixchamgina maqolada haqiqat yuzaga chiqqanidan yengil tortasiz. Gazeta muxbiri Zebo Namozovaning “Litsenziyasidan judo bo‘lgan klinika aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga qodir emasmidi?” maqolasi ham o‘quvchini mushohadaga chorlaydi. “Virtual olamga sotilayotgan kelajak” sahifasi gazetxonni havo uchayotgan qimmatli vaqt qadri haqida o‘ylashga majbur qiladi. “Quruvchilar qachon dam olishadi?”, “Xatlar zanjiri qayerga eltadi?” kabi maqolalarda o‘rtaga tashlangan savollarga javob sizni ham befarq qoldirmaydi. Ustoz adib Ahmadjon Meliboyevning “Ko‘ngil dunyosi” nomli qatralarini maroq bilan o‘qiysiz.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA