Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:42 / 2023-06-15

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat hayotiga oid muhim siyosiy yangiliklar aks etgan. “Kun mavzusi” ruknida berilgan “Jahon hamjamiyati saylov orqali Yangi O‘zbekistonga baho beradi” sahifasi fikrimizga dalil.  Taraqqiyot qurilishdan – poydevor yaratishdan boshlanadi, Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan II Turkiy dunyo adabiyoti va kitob festivali, o‘qishga oid muammolarni bir platforma orqali hal etilishi, yangi tahriridagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” o‘ziga xos mezonlar asosida yaratilgani, malinachilik klasteri bilan bog‘liq maqola – sahifalarda yangilanayotgan yurt odamlari, bugungi jamiyat qiyofasi, til va dil birligi, azaliy do‘stlik aks etgan.

“Xalq so‘zi”da “Davlat byudjeti ijrosi – deputatlar muhokamasida” nomli maqola e’tiborni tortadi. “Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi” nomli maqolada imkoniyati cheklangan saylovchilar huquqi haqida so‘z boradi. “Muzey ashyolari va kolleksiyalari qanday saqlanmoqda?” nomli ixcham maqola orqali muzeylarda ahvol qanday, degan savolga javob olasiz. Xotin-qizlar bandligi, yoshlarga ma’naviy immunitetni shakllantirish zarurati bilan bog‘liq maqolalar ham muhimligi bilan o‘quvchi nazaridan chetda qolmaydi. Gazeta orqali O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan ham tanishasiz. 

“Ishonch”da e’lon qilingan “Bolalarga bering dunyoni!” sahifasida dam olish fasli, ta’til, oromgohlardagi  mazmunli hayot aks etgan. Andijon viloyatidan tayyorlangan “Tarbiyachining ta’lim berishga vaqti bormi?”  maqolasi sizni ham albatta mushohadaga chorlaydi. “Ulug‘ maqomga dog‘ turirishga hech kimning haqi yo‘q”, “Javobsiz qolgan savob”, “Tilsiz – zabonsiz suhbatdosh”, “Ijod va ijodkor” sahifalarida inson qalbiga xitob, ezgulikka da’vat bor.

“Jamiyat” – samimiy, ko‘ngilga yaqin gazeta. “Shavkat Mirziyoyev Xorazmning “tashrif qog‘ozi”ni aytdi” sahifasini qiziqib o‘qiysiz. Ekoturizm rivoji, rizqimiz bo‘lgan don bilan bog‘liq maqolalar, “Ona mehri yoxud bir surat tarixi” bilan bog‘liq sahifa, shuningdek, “Tug‘ma oqsoqlikni ham davolash mumkin” nomli suhbat maroq bilan o‘qiladi.

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “72 yoshida falsafa fanlari doktori” maqolasini, albatta, o‘qing. “Ellik birinchi qal’a”, “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatidan aholi mamnun”, “Cho‘milish qoidalarin rioya qilng!”, “Qishloq tongi”, “Peshoonasidan o‘q yegan askar bugun yuz yoshga yaqinlashmoqda” kabi maqolalarda qishlarimizdagi hayot manzaralari aks etgan.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

   

O‘zA