“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti haqida xabar beradi. Gazetada chuqur tahlilga asoslangan bir necha maqolalar e’lon qilingan. “Quyosh tafti, shamol tafti, daryolar shiddati“, “Endi olisga qatnab sarson bo‘lish yo‘q”, “Tamaddun hodisalariga eltuvchi omillar”, “O‘zbekiston – Italiya: strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda” kabi maqolalar shular jumlasidan. Zuhriddin Isomiddinovning “Navoiy dahosini idrok etish va tuyish sari yo‘l yoxud o‘ttiz kitob – o‘ttiz qush” maqolasida Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni haqida so‘z boradi.
“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti haqidagi xabar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tanishasiz. O‘zaro hamkorlik istiqbollari, sud-huquq sohasidagi islohotlar, yurtimizdagi siyosiy tadbirlar xorijiy ekspertlar diqqat markazida, ochiq va samimiy suhbatlar, halollik muhitini yaratish bilan bog‘liq maqolalarda bugungi kunning muhim masalalari o‘z aksini topgan.
“Ishonch”da ham gazetxon e’tiborini tortadigan bir qator muhim maqolalar e’lon qilingan. “Bolalar mehnati – endi bu o‘tmish” sahifasi orqali yurtimiz bu borada erishilgan natijalar borasida boshqalarga ham namuna bo‘la oladigan davlatlar qatoriga kirayotgani haqida so‘z boradi. “Bir umrga muhrlangan totli lahzalar”, “Fotohisobot uchun ekilgan nihollar yoxud qurigan archalar uchun kim javob beradi?”, “Subsidiya chiqdi, ammo uy topolmayapmiz”, “Iroda va sabotdan yaralgan matonat” kabi maqolalarda shukronalik, inson va uning kuch-qudrati, shuningdek, yutuqlar yonida dog‘ bo‘lib ko‘zga tashlanayotgan muammolar tahlil qilinadi.
Bugungi gazetalarni o‘qing.
O‘zA