Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:31 / 2023-06-06

“Yangi O‘zbekiston”da “Davlat rahbarlari Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdilar” nomli sahifa e’lon qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Qatar davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning 5 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga tashrifi, martabali mehmonni kutib olish jarayonlari va Samarqand shahri me’moriy obidalari bilan tanishuvi tafsilotlari aks etgan.

“O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali hamkorlikning yangi sahifasini ochmoqda” nomli maqola O‘zbekiston – Qatar munosabatlarining yangi, tarixiy davriga bag‘ishlanadi. “Yangi O‘zbekistonning hech bir fuqarosi o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmaydi”, “Kuchli ta’lim tizimi Finlyandiya tajribasida qanday namoyon bo‘lmoqda?” kabi maqolalarda inson qadri va yangilanishga yuz burayotgan milliy ta’lim tizimimiz, uning buguni va istiqbollari haqida so‘z boradi. Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimning 27 iyun – Ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan e’lon qilgan “Jadidona ruhiyatli milliy matbuot” nomli maqolasida matbuot va jamiyat, so‘z erkinligi va taraqqiyot masalalari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning mamlakatimizga davlat tashrifi bilan bog‘liq rasmiy xabar, O‘zbekiston va Qatar munosabatlariga bag‘ishlangan sahifasi, shuningdek, Qatar Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshimning “O‘zbekiston bizning muhim va yaqin hamkorimiz” maqolasi e’lon qilingan. “AQSHda o‘zbek xalqining shonli tarixi e’tirof etildi” nomli kichik xabar ko‘nglingizda aks-sado beradi. Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlar, dolzarb qonun loyihalari, Sayhun va Jayhunni birlashtirgan ezgu tashabbus, Yevropa va shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan ekin asl vataniga qaytgani bilan bog‘liq maqolalar, “Temir yo‘llar: mamlakatimiz transport tizimining “Oltin kamari” sahifasida bugungi kunning muhim masalalari o‘z aksini topgan.

“Ishonch”da gazetxon e’tiborini tortadigan bir qator muhim maqolalar e’lon qilingan. “Xodim ishdan bo‘shatilganda ikki oygacha o‘rtacha oylik maoshi saqlab qolinadi” nomli sahifani eslab qolasiz. “Sug‘urta kompaniyasi suvdan quruq chiqmoqchi edi”, “Bizning endi o‘z uyimiz bor”,  “Transportda muomala madaniyati qachon yaxshilanadi?”, “Shoirni unutmagan bog‘lar” va “Diydor sog‘inchi” nomli maqolalarda haqiqat tantanasi, shukronalik va qalb kechinmalariga yo‘g‘rilgan samimiylik bor.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA