Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:42 / 2023-06-02

Vaqtli matbuotni kuzatib borayotgan o‘quvchi OAV hayot ko‘zgusiga aylanib borayotganini his etib turadi.

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat va xalqaro hayotga oid muhim yangiliklar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani, shuningdek, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanianini qabul qilgani, ikki tomonlama hamkorliklar muhokamasiga oid sharhlar e’lon qilingan. Biz va dunyo, buyuk ipak yo‘li, bozor tamoyillari, mavsum, dolzarb mavzu, qishloq xo‘jaligi, taqdimot va bugunning gapi kabi ruknlarida berilgan maqolalar mutolaasidan ko‘ngil yorishadi. Ularda bugungi jamiyat manzaralari o‘z aksini topgan.

“Xalq so‘zi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyun kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassaniani va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar – sharhlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevroppa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2 iyun kuni amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iz Respublikasi) bo‘lishi haqidagi xabar bilan tanishasiz. Gazetada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq birinchi yalpi majlisi to‘g‘risidagi Axboroti ham e’lon qilingan. Biz va jahon, Markaziy saylov komissiyasida, nuqtai nazar, Qonunchilik palatasi qo‘mitasida nomli ruknlarda berilgan maqolalarda kunning muhim mavzulari tahlil qilingan.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”  gazetasida e’lon qilingan ”Qardosh qirg‘iz diyorida” sahifasi e’tiborli. Akademik Naim Karimovning “Abdulla Qodiriy va Maqsud Shayxzoda” nomli maqolasida tarix va taqdirlar aks etganiga guvoh bo‘lasiz. Taniqli jurnalist, yozuvchi Asror Sulaymonovning “O‘zgacha ruh og‘ushida” maqolasidan ruhiy quvvat olasiz. Gulchehra Mumtozning she’rlari, Mirzohid Mirzarahimovning “Har yili bahor keladi” nomli hikoyasini maroq bilan  o‘qiysiz.

Adolat”ning bugungi soni saylov, saylov jarayonlariga bag‘ishlangan. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzob sifatida ko‘rsatilgan Robaxon Mahmudovaning tarjimai holiga oid ma’lumotlar, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimovning “Saylov – biz uchun katta imkoniyat” maqolasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod R.Mahmudovaning “Adolat” SDP XI Qurultoyidagi ma’ruzasi o‘quvchi uchun qiziq.

“Vatanparvar” o‘quvchilar – gazetxon qalbiga xitob qiladi. “Sarhadlarda sobit mag‘rur qalqonlar”, “Bolalarga bering dunyoni”, “Nurli manzillarga ilk qadam”,  “Bilimlar jangidagi g‘oliblik” kabi  qator maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan beg‘araz va samimiy muhabbat bor.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA