“Yangi O‘zbekiston”da e’lon qilingan “Yirik investorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda” nomli xabar – sharhda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Saviris bilan muloqoti haqida so‘z boradi. Milliy g‘oya millat uchun hayot masalasi, “Yashil” loyihalar va innovatsion texnologiyalar, tashabbusli byudjet, islohot odimlari, obod manzillar va ta’lim tizimi ruknlarida berilgan sahifa va maqolalarda yurtimizdagi bunyodkorlik, jamiyatning yangilanayotgan qiyofasi aks etgan. Professor Narzulla Jo‘rayevning “Buyuk qalb armoni yoxud Chingiz Aytmatovning umumsayyoraviy iztirobi” maqolasida olam va odam, o‘z qiymatini yo‘qotayozgan azaliy qadriyatlar haqida so‘z boradi.
“Xalq so‘zi”da e’lon qilingan “O‘zbekistonga yirik xorijiy sarmoyadorlarning kirib kelish sur’ati tobora o‘sib bormoqda”, “Xitoy bozori O‘zbekiston mahsulotlari uchun ochildi” sahifalari muhim va dolzarbligi bilan e’tiborli. Xalq bilan muloqot, muammolarga yechim, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, energiya tarmog‘idagi islohotlar, yurtimizda yetishtirilayotgan mevalarning jahon bozorida xaridorgir va brend maqomiga egaligi bilan bog‘liq maqolalarda ijobiy tomonga o‘zgarayotgan inson va jamiyat, islohotlar samarasini ko‘rasiz.
“Ishonch” muhim va jiddiy maqolalar bilan o‘quvchilariga yuzlanadi. “Endi tomlar usti ham quvvat manbai. Quyosh panellari qimmat, ammo samarali” nomli sahifa bugun ko‘pchilikni birdek qiziqtirayotgan tizim haqida. “Sug‘urta kompaniyasi sudda yengildi”, “Nafs el sog‘lig‘idan ustun emas!”, “Suvoralar qalb tug‘yonlarini ifodalaydi”, Yo‘llardagi kechinmalar va kechirmalar” nomli maqolalarda hayot haqiqatlari, insof va diyonat, mumtoz musiqa va inson ruhiyati, shuningdek, kitob o‘qish – mutolaa lazzati aks etgan.
Bugungi gazetalarni o‘qing.
A.Narzulloyev, O‘zA