Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:55 / 2023-05-26

Vaqtli matbuotni kuzatib borayotgan o‘quvchi OAV hayot ko‘zgusiga aylanib borayotganini his etib turadi.

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat va xalqaro hayotga oid muhim yangiliklar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining o‘ttizinchi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtiroki, prezidentimizning ushbu kengash yig‘ilishidagi nutqi, yurtimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning Samarqandga tashrifi bilan bog‘liq material e’lon qilingan. Ta’lim-tarbiya insonni, inson esa jamiyatni o‘zgartirishi, muddatidan avval  talaba bo‘lgan o‘quvchi qiz, sharqona yo‘l, baxshi etikasi, Shahrisabzdagi maqom muzeyi bilan bog‘liq maqolalar mutolaasidan ko‘ngil yorishadi. Rasuljon Kamolovning “Chilgi hosilning cho‘g‘i baland yoxud erishilayotgan yutuqlar omili nimada?”, G‘olib Abdusalomovning “Ipak qurti parvarishlagan fuqaro mehnat stajiga ega bo‘ladi” kabi maqolalarda ipak qurti parvarishi, ipakchilik yutuqlari aks etgan. Ta’kidlash lozim, yurtimizda ipak qurti boqish IV asrlarda boshlangan va bugun O‘zbekiston bu sohada Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining o‘ttizinchi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtiroki, prezidentimizning ushbu kengash yig‘ilishidagi nutqi, yurtimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning Samarqandga tashrifi bilan bog‘liq material e’lon qilingan. “O‘zbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslari faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda uzoq istiqbolga qaratilgan” nomli sahifa, suv resurslari muammolari va parlamentlararo muloqot, joylarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlangan maqolalar, shuningdek, Boriy Alixonovning “Musaffo tabiat – barqaror rivojlanishning muhim omili” maqolasidagi mushohadalar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning “Innovatsion hududlar – taraqqiyotga ilm-fan asosida yondashuv” maqolasida ertani ko‘zlab aytilgan fikrlarga siz ham beixtiyor qo‘shilgandek bo‘lasiz...

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”  gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi e’lon qilingan. O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning “Yangi O‘zbekiston baxti birlikda”, Umida Abduazimovaning “Enasoyning ertagi” nomli she’riy turkumlari, Mohigul Nazarovaning “Qo‘shnilar” nomli hikoyasi, Saodat Musayevaning “Aldagani bola yaxshimi?”, “Yashar Qosimning “Seni atamishlar uyg‘onish fasli”, Vashington universiteti magistri Dilbarxon Ahmedovaning Qur’oni Karimning Ibrohim Sulton ko‘chirgan nusxalari” maqolalari maroq bilan o‘qiladi.

Adolat”ning bugungi soni deyarli saylov, saylov jarayonlariga bag‘ishlangan. Nomzod ko‘rsatishda fuqarolar ishtiroki, qurultoyga delegatlar saylangani, milliy saylov tizimi kabi mavzular keng yoritilgan. “Bor mehrimiz senga, bolajon!”  shiori ostida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan 2023 yilining 1 iyun kuni Respublika qon quyish markazi va uning hududiy bo‘lmlarida navbatdagi beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi chorlov o‘quvchini ham befarq qoldirmaydi.

“Vatanparvar” o‘quvchilar – gazetxon qalbiga xitob qiladi. “Umrga teng lahzalar”, “Har birimiz vatan himoyachimiz”, “O‘zbek-qozoq maxsus bo‘linmalarining mashg‘ulotlari”, “Deputatlar harbiy okrug faoliyatini o‘rgandi”, “Hal qiluqchi omil”, “Vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat va halollik” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan cheksiz va samimiy muhabbat bor.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

 A.Narzulloyev, O‘zA