Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:26 / 2023-05-23

“Yangi O‘zbekiston”da e’lon qilingan “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish choralari muhokama qilindi” sharhiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22 may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimotida ishtirok etgani xususida.

Akademik  Qalandar Abdurahmonovning “Uch muhim voqea. O‘zbekiston nimasi bilan xalqaro doira e’tiborini qozonmoqda?” nomli sahifada o‘tgan haftada O‘zbekiston ishtirokidagi uchta muhim voqea va uning ahamiyati haqida so‘z boradi. O‘zbekiston jozibali biznes makonga aylanmoqda, Toshkent viloyatida turizm salohiyati, shaxsiy mas’uliyat, temir intizom va professional mahorat, energiyaning muqobil manbalari, o‘zbek-ozar adabiy aloqalariga bag‘ishlangan maqolalardainson ruhiyati, yangilanayotgan jamiyat, sayyohlik va uning istiqbollariaks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham davlatimiz rahbari ishtirok etgan muhim tadbirga bag‘ishlangan sharh e’lon qilingan. “Xitoyning innovatsiya texnologiyalari Markaziy Osiyo resurslari bilan uyg‘unlikda energiya samaradorligini oshirishi mumkin” sahifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-19 may kunlari XXRga amalga oshirgan davlat tashrifi hamda Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti yakunlari xorijiy ekspert va tahlil doiralari vakillari o‘rtasida ham o‘ziga xos aks sado bergani xususida. Xalq manfaatlarini qonunlarda aks etayotgani, Namangandagi nafosat va go‘zallik bayrami, hayotiy g‘oyalar – aniq takliflar, davlat xizmatlari ko‘rsatishda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan omillar va oliy ta’lim tizimidagi xalqaro aloqalar aks etgan maqolalarda bugungi kunning muhim masalalari o‘z aksini topgan.

“Ishonch”da bir qator jiddiymaqolalar e’lon qilingan. Namanganda bo‘lib o‘tayotgan 62- Xalqaro gullar festivaliga bag‘ishlangan “Gullar shahrida go‘zallik va nafasat bayrami” sahifasi orqali go‘zallik olamiga yuzlanasiz. Festivalga o‘tgan yil 2 million 300 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurgan bo‘lsa, bu yilgi bayramga 4,5 million gul ishqibozi kelishi kutilayotganidan quvonasiz.“O‘zgarayotgan iqlim dunyo va odamlar o‘zgarishini kutmoqda” sahifasi yildan-yilga dolzarblashib borayotgan iqlim o‘zgarishlari muammosiga bag‘ishlangan. Uni o‘qib, nima sababdan iqlim bunchalar o‘zgarib, “injiq” bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish mumkinmi? Kelajakda odamzotni nimalar kutayapti? degan savollarga javob olasiz. “Markaziy  Osiyodagi yagona universitet”, “Choy afzalmi yoki qahva” maqolalari ham gazetxon uchun qiziq...

Bugungi gazetalarni o‘qing.

                                                                                          A.Narzulloyev, O‘zA