Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:24 / 2023-04-19

Kundalik gazeta, vaqtli matbuotni jamiyatning urib turgan tomiriga qiyos qilish mumkin...

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat hayotiga oid muhim yangiliklar o‘rin olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18 aprel kuni Yevropa  Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuvi, shuningdek, suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan sharhlar bilan tanishasiz. 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum munosabati bilan berilgan “Matonatli xalq yaratayotgan tarixiy haqiqat” sahifasida yurtimiz taraqqiyotining huquqiy poydevoriga aylanayotgan Bosh Qomus haqida so‘z boradi. Gazetada Referendum bilan bog‘liq yana bir qator katta-kichik maqola, munosabatlar aks etgan sahifalar ham bor. Dala chetidagi xazina, soliqdagi o‘zgarishlar, yoshlar va hayot, ilmiy inkubator, ehson daraxti, Jizzaxning “tashrif qog‘ozi” bilan bog‘liq maqolalarda yangilanayotgan davr, inson va jamiyat manzaralarini ko‘rasiz.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq uchrashuv, yig‘ilishdan axborot, sharh, O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy jarimalarini to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332(1)-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonuni e’lon qilingan. Referendumda muddatidan oldin ovoz berish 19 aprel kuni boshlanib, 26 aprel kuni yakunlanishi to‘g‘risidagi xabar – sahifa ham  ko‘pchilik yurtdoshlarimizni qiziqtirishi mumkin. “Referendum 2023” ruknida berilgan “Xususiy mulkka egalik huquqining daxlsizligi o‘zbek xalqining farovonligi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi” sahifasida chet ellik mutaxassis, tadbirkor va ekspertlarning xolis munosabat, xulosalari aks etgan. “Yo‘llardagi “probkalar”, “imillayotgan” avtobuslar va ko‘chalarni yopib qo‘yayotgan yengil avtomobillar. Joriy etilayotgan yangi tizim bu muammolarga barham bera oladimi?” sahifasi orqali muammo bo‘lib turgan ko‘p savollarga oydinlik kiritiladi.

“Hurriyat”da bir qator jiddiy maqolalar bor. “Tizimda “noma’lum” xatolikmi? Yoxud tijorat banklariga “ozgina” e’tiroz” maqolasida  keltirilayotgan “e’tiroz”ga siz ham beixtiyor qo‘shilasiz. Surxondaryo viloyatining Uzun tumani 31- maktabda o‘qituvchi ayollar kaltaklanishi bilan bog‘liq holatga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tezkorlik bilan bildirgan munosabati e’tiborli. “Ta’limdan o‘zga najot yo‘q”, “Agar xalq bo‘lay, desak...”, “Ildizlari mushtarak xalqlar”, “Gazetasiz yashay olmayman...”, “Yiliga bittadan kitob chiqarish fazilat emas” kabi maqolalar mutolaasi sizni hayot va inson haqiqatlari bilan yuzma-yuz qiladi.

“Oʻzbekiston ovozi”da Referendum va yangilanayotgan Konstitutsiya bilan bog‘liq bir necha sahifalar e’lon qilingan. “Bolalar mehnati taqiqlanadi”, “Endi hamma ipoteka krediti olishi mumkin”, “Ular 19 milliondan ko‘proq” maqolalari o‘quvchi uchun qiziq. Turli millat vakillaridan iborat bir qator yurtdoshlarimizning dil so‘zlari aks etgan “Bag‘rikeng davlat, qalbi daryo millat” sahifasida yagona g‘oya atrofida jipslashgan O‘zbekistonni ko‘rasiz.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “Yilning eng namunali yetakchisi”, “Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda”,  “Markaziy Osiyoda birinchi”, “Nodirai davron”, “Imtiyozli kredit – imkoniyat” kabi maqolalarda yoshlar, jamiyat hayoti aks etgan. 

bugungi gazetalarni o‘qing.

 

A.Narzulloyev, O‘zA