English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
11:11 / 2023-03-25

Yer yuzida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar ahvol tez sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Axborot, xabarlar oqimi bir lahza bo‘lsin, to‘xtamaydi...

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish ishlarining ijrosi va bu borada joriy yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan sharh bilan tanishasiz. “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi hali...”, “Oziq-ovqat xavfsizligi: hosildorlik ham, ehtiyoj ham oshmoqda”, “Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi”, “O‘zbekiston buyuk ajdodlari shon-shuhratini asrab-avaylaydigan va ulug‘laydigan davlat”, “Oq paxtadagi “qora dog‘” fojiasi takrorlanmasligi uchun konstitutsiyaviy asos yaratilmoqda” kabi maqolalarda jamiyatning bugungi ob-havosi, manzaralari aks etgan. 

 “Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq muhim material e’lon qilingan. BMT komissiyasi sessiyasida O‘zbekistonning giyohvandlikka qarshi kurash sohasidagi tajribasi, O‘zbekiston dolzarb muammoga aylangan suv masalasiga befarq emas, konstitutsiyaviy islohotlar, Navro‘zi olam falsafasi va qadriyatlari, “Lola jazavasi” kabi sahifa, maqolalar muhim va jiddiyligi bilan e’tiborli.

“Hurriyat”da bir qator jiddiy maqolalar bor. “Konstitutsiyaviy islohotlar – tabiiy va zaruriy jarayon” maqolasi e’tiborli. “Negativ shunday ekan...”, “Illat izlagan hikmat topmas”, “Nega valyuta qorabozori yo‘qolmadi?”, “Farmatsevtikaning istiqboli nimalarga bog‘liq?” kabi maqolalar jiddiy, mushohadalarga boyligi bilan e’tiborli. Sa’dulla Hakim va Zilolabonu Xoliqovaning she’rlari ko‘ngilga toza nafas olib kiradi...

 “Ishonch”da e’lon qilingan “Referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tuzildi” sahifasi oldimizda turgan muhim siyosiy tadbir xususida. “Yangi qurilgan inshootlardan xavotirlar o‘rinlimi?” maqolasini qiziqish bilan o‘qiysiz. “Har kimning o‘ziga insof bersin!”, “Onam uchun nima qildim?” kabi maqolalar o‘quvchini mushohadaga chorlaydi. “Kun nafasi”, “Olamda bugun...” sahifalari orqali olamga boqasiz... 

“Mahalla” e’lon qilingan “500 nafar fidoyi “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi” sahifasida mahalla va mahalla ahli, fidoyilariga e’tibor aks etgan. “Birorta ishsiz va hunarsiz fuqaroni uchratmaysiz”,  “Chashma” turizm va tadbirkorlik markaziga aylanadi”, “Propiska” muammosi to‘liq barham topadi”, “O‘n olti kunlik “tanaffus”... xavfli retsidivist shundan keyin yana jinoyatga qo‘l urdi”, “Har to‘rtinchi ayol zo‘ravonlikka duch kelgan”, “Volidangiz yo‘qlab turing...” kabi maqolalarda joylardagi hayot, inson qadri aks etgan. “Mahalla”ning bugungi sonida o‘quvchi uchun qiziq bo‘lgan maqolalar ko‘p. Albatta, o‘qing.

“Vatanparvar”da “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekiston”, “Tuproq qiymati”, “Temur tuzuk”larini o‘rganamiz”,  “Lolalar haqida to‘qilmagan ertak” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan beg‘araz muhabbat bor...

bugungi gazetalarni o‘qing...

                                                                                      A.Narzulloyev, O‘zA