Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:53 / 2023-03-15

Kundalik gazeta, vaqtli matbuotni jamiyatning urib turgan tomiriga qiyos qilish mumkin...

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-16 mart kunlari Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati ham Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazishni ma’qullagani to‘g‘risidagi ma’lumot, shuningdek, turkiy qardoshlik – o‘zaro ko‘mak va hamjihatlik namunasi, mas’uliyat hissi, dunyo ipakchilik akselatori, qayta tiklanuvchi energiya manbai, buyuk shoir izdoshlari, bolangizga alla ayting kabi maqolalarda bugungi kun manzaralari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbarining Turkiya Respublikasiga safari to‘g‘risidagi xabar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish haqida”gi qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi e’lon qilingan.

“Hurriyat”da e’lon qilingan “Maqsadli pul topib emas, ijod qilib tanilish...” maqola e’tiborli. Ustoz shoir O‘tkir Rahmatning “Iztirob gullari” dostoni, Salim Ashurning “Bahor, senga sharaf bo‘lsin!” she’ri, Sulaymon Samadning “Qamishzorda” nomli voqeiy hikoyasi, “Hiylakor “makler”, “Domla”, “O‘t qo‘yuvchilar” kim?” kabi maqolalar o‘quvchi ruhiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi.

“Oʻzbekiston ovozi”da “Senat qaror qabul qildi” maqolasi muhimligi bilan ajralib turadi. “Surxondaryo mehnat bilan yuksaladi”, “Finlandiyani ta’limgina emas, faol siyosat o‘zgartirgan”, “Birdamlik mamlakatni qudratli qiladi”, “Pensionerla “Humo” kartasidan “Uzcard”ga o‘tkazilayotgani rostmi?”, “Hayotni asrab qolish baxti” kabi maqolalar mazmun-mohiyati bilan e’tiborli.

“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “11 million ko‘chat ekildi”, “Bepul tushlik: chirigan olma, sichqon yegan shirinliklar uchun kim javob beradi?”, “Sarson talabalar”, “Sport jinoyatchilik ildizini qirqmoqda” kabi maqolalarda yoshlar hayoti, muammolar va yutuqlar aks etgan. 

bugungi gazetalarni o‘qing.

   

A.Narzulloyev, O‘zA