Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:54 / 2023-02-24

Vaqtli matbuotni kuzatib, ommaviy axborot vositalari hayotning ko‘zgusiga aylanib borayotganini his etib turasiz.

“Yangi O‘zbekiston”da mamlakat hayoti, xalqaro aloqalarga oid muhim yangiliklar e’lon qilingan. 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hududlar forumining birinchi yig‘ilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etish uchun Ozarbayjon delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikoyil Jabborov, shuningdek, Pokiston Islom Respublikasi moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning Pokiston qismi raisi Ishoq Dorning qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. Yangi O‘zbekistonda Yangi Qashqadaryo, Orolning yashil qalqoni, katta loyihalarga aylanayotgan g‘oyalar, dasturchi qiz orzulari, isbotini topgan haqiqat, befarqlikka qarshi kurash aks etgan bir qator maqolalar o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. 

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq muhim rasmiy xabar, sharh, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. Qirg‘iziston elchisi Musa  Jamanboyev bilan “O‘zbekiston bizga yaqin qo‘shni, haqiqiy do‘st va ishonchli strategik sherik bo‘lib kelgan” nomli suhbat ikki qardosh xalq do‘stligiga bag‘ishlanadi. Ko‘z o‘ngimizdagi o‘zgarishlar, ta’lim – beqiyos kuch, “yashil” o‘sish ruhi aks etgan sahifalar, shuningdek, “Talabalarni turarjoy bilan ta’minlash darajasi qanday?” maqolasida jamiyat va insonga e’tibor, bu yo‘lda qilinayotgan sa’y-harakatlar aks etgan.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi “Buxoroda umid gulladi” sahifasi bilan boshlanadi. “1 mart – O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tug‘ilgan kun” ruknida berilgan sahifa, atoqli shoiraning “Tingla, bulbul” she’ri ko‘nglingizga ko‘klam havosini olib kiradi. Azim Suyun, Asror Mo‘minning she’rlari, Qamchibek Kenjaning “Kulcha hikoyalar”i yaxshi taassurot qoldiradi. “Sabr-bardoshning ovozi”, “She’r-ko‘ngil tug‘yoni”, “O‘zbekiston misrlik yozuvchi nigohida” kabi maqolalar samimiyligi bilan e’tiborli.

Adolat”ning bugungi sonida bir qator tahlilga asoslangan maqolalar e’lon qilingan. “Farzandlarimiz salomatligi xavf ostida”, “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li”, “Jazo siyosatidagi yengilliklar yangi jinoyatlar uchun yo‘l ochayapti(mi?)”, “Avval ichimlik suvsiz qiynalayotgan edik, endi yo‘lsizlikdan ham..., “Sergak bo‘ling: bunday ko‘rsatuvlar yoshlar tarbiyasini buzadi!”, “Taniqli bo‘lish oson, suyukli bo‘lish qiyin” kabi maqolalar ham zo‘r qiziqish bilan o‘qiladi.

“Vatanparvar” o‘quvchilar – gazetxon qalbiga xitob qiladi. “Do‘stlik – 2023”, “Jang taqdirini o‘zgartirgan jangovar nutqlar”, “Millatimizga yot bo‘lgan illat”, “Tanazzul”, “To‘xta... Urush”, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat borligini ko‘ramiz.

bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA