English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:37 / 2023-02-22

Kundalik gazeta, vaqtli matbuotni jamiyatning urib turgan tomiriga qiyos qilish mumkin...

“Yangi O‘zbekiston”da e’lon qilingan “O‘zbekiston – Misr hamkorligida yangi davr boshlanmoqda” nomli sahifa gazetxon e’tiborini tortadi. “O‘zbekiston uchun Misr Afrika bozorlariga, O‘zbekiston esa Misr uchun Markaziy Osiyo bozorlariga kirish darvozasi hisoblanadi” maqolasi birinchi sahifaning aks sadosidek... “O‘zbekiston ilk bor Yevropa standartlari reytingida”, “Yangi O‘zbekistonda demokratik jamiyat va rahbar mas’uliyati”, “Zamonaviy san’at muzeyi eksponatlarining xalqaro e’tirofi yoxud Luvr muzeyida O‘zbekiston va Fransiya davlat rahbarlari ochib bergan ko‘rgazmada xalqimizning noyob tarixiy merosi namoyish etilmoqda” maqolalari katta qiziqish bilan o‘qiladi.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbarining Misrga rasmiy tashrifi bilan bog‘liq material, shuningdek, ikki do‘st xalq  hamkorligi istiqboliga bag‘ishlangan bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilingan. “Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistondagi islohotlarga yuqori baho bermoqda”, “Ichimlik suvi muammosi hal etiladi”, “Raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi”, “Sirdaryoda huquqbuzarlik profilaktikasi qay holatda?”, “Buyuk bobolarimiz merosi – tayanch”, “Muqobil energiya manbalari joriy qilinmoqda” kabi maqolalar ham gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Hurriyat”da bir qator jiddiy maqolalarga duch kelasiz. “Hayot ko‘ndalang qo‘yayotgan savollar va unga ochiqchasiga javoblar”, “Nahotki, nahotki, nahotki... yoxud ayrim xususiy telekanallardagi bachkana loyihalardan maqsad nima?” maqolalari sizni ham mushohadaga chorlaydi. Husan Temirovning taniqli adib Luqmon Bo‘rixonning “Shu zamin farzandi” nomli kitobiga yozgan dilnomasi, Dadaxon Muhammadiyevning she’rlari ko‘ngildan joy oladi. “Qaldirg‘och” nomli ixchamgina badia izg‘irinli kunlar ortda qolib, bahor eshik qoqayotganidan darak beradi.

“Maʼrifat”  ko‘pchilikni qiziqtiradigan, muhim va dolzarb mavzular, ta’lim tizimi bilan bog‘liq masalalarni yoritishda davom etadi. “Ta’til qishda bo‘lsa – 5 yoxud unitilgan yozgi vaqt”, “Rag‘bat bo‘lmasa ta’lim sifati oshadimi?”, “Axloqiy tarbiyada bolalar nashrining o‘rni”, “Ta’lim tizimimiz islohotga muhtoj”, “Nima uchun maktabga mustaqillik kerak?”, “Mening pedagogik falsafam” kabi maqolalarda jiddiy masalalar ko‘tarilgan. Ushbu maqolalarda bugungi ta’lim, uning yutuq va muammolari xususida so‘z yuritiladi.

“Oʻzbekiston ovozi”da ham o‘quvchi e’tiborini tortadigan maqolalar  bir talay. “Buyuk bobokalonimiz kashfiyotidan 1200 yil foydalanishdi”, “Parlamentga zo‘rlar kelishi kerak”, “Adolat hammani tinglashdan boshlanadi”, “Yechilgan “kishanlar”, “Mushtum” 100 yoshga to‘ldi” kabi maqolalarda bugungi tezkor hayotni, tahlil, ta’kid, ta’klif va e’tiborni ko‘rasiz.

bugungi gazetalarni o‘qing.

   

A.Narzulloyev, O‘zA