Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:54 / 2023-02-03

Vaqtli matbuotni kuzatib, ommaviy axborot vositalari hayotning ko‘zgusiga aylanib borayotganini his etib turasiz.

“Yangi O‘zbekiston”da “Vodiy javohiri – Farg‘ona har jabhada namuna bo‘lmoqda” sahifasi e’tiborni tortadi. Sahifa Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 fevral kuni Farg‘ona viloyatiga safari tafsilotlariga bag‘ishlanadi. “Yoshlik dahosi”, “Farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz o‘n yaxshilik bo‘lib qaytadi” maqolalarida ota-ona, farzand, jamiyat uyg‘unligi aks etgan. “Muqobil energiya” ruknida berilgan “ Quyosh tafti, shamol shashti va inson shijoati” maqolasi energiya tizimida boshlanayotgan yangi davr haqida. Inson qadri uchun, obod yurt sarhadlari, taraqqiyot manzillari ruknlarida berilgan maqolalar, shuningdek, Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan “Jahonga sochilgan nodir durdonalar” sahifasi muhim va dolzarbligi bilan ajralib turadi. 

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbarining Farg‘ona viloyatiga qilgan safari bilan bog‘liq yirik  maqola e’lon qilingan. “O‘zbekiston taraqqiyotning yangi burilish nuqtasida”, “Qonun hujjatlari zamon talablari asosida takomillashtirilmoqda”, “Aholi muhofazasi bosh maqsad bo‘lishi zarur”, “Nazorat qiluvchi emas, xalq xizmatini ado etuvchi organga aylandi”, “Kasb-hunar egasi – jamiyat boyligi”, “Qarib ellik yillik muammoga yechim topildi” kabi sahifa – maqolalarda islohotlar samarasi va bu yo‘lda qilinayotgan sa’y-harakatlar aks etgan.

“Ishonch”ning “Kun nafasi” sahifasi ixcham, o‘quvchini qiziqtiradigan xabarlari bilan e’tiborli.“2023 yil uchun jamoa shartnomalarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar” bilan ham gazeta orqali tanishasiz. “E-QAROR”dagi beqarorliklar. Bu uchun hokimliklarga javobgarlik bormi?”, “Choralar ko‘rilyapti, ammo...”, “Mavhum makon orzusi”, “Arosatda qolgan talabalar” va “Shomurodov to‘g‘ri yo‘l tutdimi?” kabi maqolalarda bugungi hayot, mulohaza, munosabat, jamiyatning yutuq, og‘riqlari aks etgan.

Adolat”da e’lon qilingan “Bu mening mahallam!” maqolasi orqali joylardagi ijbiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz. “Qani bizning qahramonlar?”, “Chiqindi elektr energiyaga aylanadi”, “Qahraton+jazirama= anomal” kabi maqolalar hamda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan “Mangulik falsafasi” sahifasi ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA