Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:46 / 2023-01-27

Vaqtli matbuotni kuzatib, ommaviy axborot vositalari hayotning ko‘zgusiga aylanib borayotganini his etib turasiz.

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi va tashrif munosabati bilan qirg‘iz matbuotida e’lon qilingan materiallar haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan tanishasiz. Prezident qarorlari – hayotda va amalda, ta’lim yo‘li – najot yo‘li,  taraqqiyot mezoni, el-yurt umidi va islohotlar – amalda kabi ruknlarda berilgan maqolalar chuqur tahlilga asoslangani, muhim va dolzarbligi bilan ajralib turadi. 

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbarining qo‘shni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan bog‘liq xabar va maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan ham gazeta orqali tanishasiz. Milliy manfaatlarimizga mos, energetika tizimidagi egalik o‘z qo‘limizda qoladi, O‘zbekiston tashabbuslarining xalqaro e’tirofi, Singapur tajribasi kabi sahifa – maqolalarda ijobiy izlanishlar, uning samarasi va bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar aks etgan.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan. Shoira Farog‘at Xudoyqulovaning “She’r yozib, she’r o‘qib, to‘kilsam...” maqolasi, taniqli shoir Tursun Ali va Nozimshoh Dilkashning she’rlari, Shahlo Ahrorova va Sodiqjon Inoyatovning hikoyalari ko‘ngillarga yorug‘lik olib kiradi. Burobiya Rajabovaning “Ittifoqiy umur va g‘arobatliq so‘zlar”, Halim Saidovning “Bir asr burungi qotillik qissasi yoxud Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi detektiv asar xususida”gi maqolalari, shuningdek, atoqli olima Muzayyana Alaviyaning “Cho‘lpon” nomli xotiralari e’tibordan chetda qolmaydi.

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan eksport salohiyatini oshirish borasida muhim qadam, qish mavsumi muammolari, azot – tiriklik sharti, nasoschilar o‘nglanish bo‘lishga qat’iy ishonishmoqda, intizomiy jazo intizomga o‘rgatadimi, anomal sovuqdan keyin boshoqli don ekinlari qanday parvarish qilinadi kabi maqolalarda qishloq hayoti, uning istiqbollari haqida so‘z boradi.

bugungi gazetalarni o‘qing.

   

A.Narzulloyev, O‘zA