Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
10:35 / 2023-01-26

Kundalik gazetalarni qo‘lga olib, varaqlar ekanmiz, kunning muhim axborot, xabar, maqolalaridan boxabar bo‘lish barobarida qalam ahlining zahmatli mehnatini ham his etib turamiz.

“Yangi O‘zbekiston”da Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishiga oid sharh, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan. Bugunning gapi, yangicha yondashuvlar, O‘zbekiston va dunyo, do‘stlik rishtalari, 26 yanvar – Hindiston Respublikasi kuni, uch avlod uchrashuvi kabi ruknlarda berilgan sahifa – maqolalarda mamlakatimiz va mintaqadagi hayot manzaralari aks etgan.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq rasmiy sharh – xabar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tanishasiz. Biz va jahon, eksklyuziv intervyu, O‘zbekiston – umumiy uyimiz kabi ruknlarda berilgan maqolalar, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botir Ergashevning “Jaloliddin Manguberdi jasorati...” sahifasida hayot haqiqatlari, samimiy iqror – e’tirof va Vatanga muhabbat ustuvorligini ko‘rasiz...

“XXI ASR”da e’lon qilingan “Anomal” zarari endi qanday qoplanadi?” nomli ixchamgina maqola ayozli kunlar keltirgan zararlar o‘lchovi haqida. “Fermer va klasterlar o‘rtasida muammo bo‘lmaydi”, “Non aziz, inson qadri esa undan ham azizroqdir!”, “Xalq noibi faoliyati qanday bo‘lishi kerak?”, “Bank hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari daxlsiz...mi?!”, “Yoshlar parlamenti oltin zaxira bo‘la oladimi?”, “Ro‘yxatlarda nomi yo‘qlar...” kabi maqolalarda ko‘tarilgan masalalar, o‘rinli savollar sizning nomingizdan ham yangrayotganini his etib turasiz.

“Ishonch” – “Xodimlar o‘z “postiga” sodiq... Ular uchun munosib sharoit yaratilmoqdami?” sahifasi bilan mas’ullarga yuzlanadi. “Moylijarga 4G qachon keladi?”, “1 qanday 100 ga aylandi?”, “Jonxarosh va g‘arib etuvchi dardlar. Ularni kelajakka meros qilib qoldiryapmizmi?”, “Puxta bilim olmayotgan talaba”, “Toshkentliklar nega moshli taomlarni xush ko‘rishadi?”, “Tog‘dagi chilla” kabi maqolalar e’tibor bilan o‘qiladi.

“Jamiyat”ning bugungi sonida e’lon qilingan maqolalar e’tibordan chetda qolmaydi. “Shifokor va dorixonachilarning tili bir...mi?” maqolasida ko‘pchilikning dardi aks etgan. Loqaydlik balosi”, “Nil bo‘yidagi munozara”, “Gazeta o‘qimagan avlod bo‘lib qolmaylik”, “Har bir sohaga xakerlar kerak(mi?), “Uvol ketgan umr” kabi maqolalarda o‘rinli mulohaza, taklif va murojaatlarni ko‘rasiz.

bugungi gazetalarni o‘qing.

 

A.Narzulloyev, O‘zA