Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
13:53 / 2023-01-19

Vaqtli matbuotni kuzatib, gazeta hayotingizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib qolganini his etasiz.

“Yangi O‘zbekiston”da bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilingan. “Ruh va axloq tarbiyasi – hayot g‘oyasining asosi”, “O‘zbekiston – Singapur hamkorligi solnomasida yangi sahifa ochiladi”, “Oliy maqsadimiz – mard va jasur yoshlarni tarbiyalash”, “Ilm-fanga yo‘naltirilayotgan investitsiya”, “Taraqqiyotga faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi”, “Purviqor tog‘lar bag‘ridagi Bo‘stonliq” sahifalarida jamiyat manzaralarini ko‘rasiz, tezkor zamon ruhini his etib turasiz. 

“Xalq so‘zi”da davlat rahbarining Singapurga qilgan rasmiy tashrifiga doir mutaxassis va ekspertlar fikri berilgan. “Bebaho ne’mat”, “Jigarim menga o‘z jigarini berdi”, “Tinchlik tarovati taralgan yurt” kabi maqolalarda mehr-oqibat, odamiylik va shukronalik aks etgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korparativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan ham tanishasiz.

“Ishonch” doimgidek yurakka yaqin. “El boshiga ish tushsa” sahifasi bugungi kun qahramonlari – ayozli kunlarda bizga ko‘makka kelayotgan vatandoshlarimiz haqida. “Najot eshigini qoqqan ekanman”, “Ular nohaq ishdan bo‘shatilgan edilar”, “O‘zi o‘rnak bo‘lish o‘rniga yoxud Bandlik bosh boshqarmasi mehnat qonunchiligini nega mensimaydi?”, “Haqiqat bukiladi, lekin sinmaydi”, “Bu isrofgarchilikmi yoxud haddan oshish?!” kabi maqolalarda oramizdagi odamlar, o‘zgarayotgan inson va jamiyat, hayot va sinmagan haqiqat aks etgan.

“XXI ASR” o‘z qiyofasiga ega, ko‘ngilga yaqin gazetalardan. “Qiyin damlarda el-yurtga yelkadosh, ko‘makdoshmiz”, “Anomal sovuq odamiylik, mehr-saxovat taftiga ta’sir etolmaydi”, “Kimlarning pensiyasi oshdi? Boshqalarniki nega oshmadi?”, “Avval qamaldi, keyin oqlandi va bugun...”, “Qahratonning iqtisodiyotga zarari o‘lchanadimi?” kabi maqolalarda ko‘tarilgan savollarga javob sizni ham qiziqtiradi..

“Jamiyat”ning bugungi sonida e’lon qilingan maqolalarni e’tibor bilan o‘qiysiz. “Insofing bormi, noinsof?”, “Qusurlardan qachon qutulamiz?”, “Savdodagi “o‘yin”lar”, “Begonalashayotgan tilimiz”, “Muvaqqat hukumat va’dasining ustidan chiqmayapti” kabi maqolalarda hayot haqiqatlari aks etgan. 

“Milliy tiklanish”da ham o‘quvchini qiziqtiradigan maqolalar bir talay“O‘z farzandini xorijda sotayotganlar kim? Endi bu jinoyat hisoblanadi va...”, “BMT bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida “inqilob” qilishga chaqirmoqda” kabi maqolalar dolzarb va muhimligi bilan e’tiborni tortadi.

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “TO‘PALANG”ning zilol suvi”, “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish qulay va tejamkor”, “Yer egasining qo‘lida bo‘lsa, yanada baraka beradi”, “Oltinsimon qarag‘atning 3 ta yangi navi yaratildi” kabi maqolalarda qishloqlardagi hayot, o‘zgarishlar aks etgan. 

bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA