Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
12:09 / 2022-12-29

Vaqtli matbuot – gazetalar hayotimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib ulgurganini his etib turamiz.

“Yangi O‘zbekiston”da bir qator muhim, jiddiy maqolalar e’lon qilingan. “Prezident murojaatnomasi – mamlakat taraqqiyotining yangi davri dasturi”, “Vazir maoshi, diplomat daxlsizligi va imperator maqomi” sahifalarida bugungi kun taftini his etib turasiz. “O‘zbekiston ijtimoiy davlat. Ushbu tamoyilning asosiy mohiyati nimada?”, “Aqlli bog‘cha”da innovatsion ta’lim-tarbiya” kabi maqolalar, tafakkur sarhadlari, mahalliylashtirish, aks sado, nuqtai nazar, buguning gapi ruknlarida berilgan sahifa – maqolalarda inson ongidagi o‘zgarishlar, jamiyat manzaralari aks etgan. 

“Xalq so‘zi”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT berilgan. Shuningdek, yetuk kadrlar – hal qiluvchi kuch, investitsiyasiz iqtisodiyot rivojlanmaydi, agrar soha raqobatbardoshligi, barqaror taraqqiyot poydevori kabi maqolalar hamda “Kunchiqar yurtdagi samarala muzokaralar” sahifasi e’tibor bilan o‘qiladi.

“XXI ASR”da e’lon qilingan maqolalar muhim va biroz “achchiq”ligi bilan e’tiborni tortadi. Gazeta muxbiri Nurxon Elmirzayevaning “Sharmandali shaxmat “o‘yini” qachon tugaydi?” maqolasida ko‘tarilgan savolga javob sizni ham qiziqtiradi. “Endi ortga yo‘l yo‘q”, “Energetika: muammolar o‘z yechimini kutmoqda”, “Davlat byudjeti, “Vakolat bor, imkoniyat ham” kabi maqolalar, shuningdek, ”Samarqanddda bayram shukuhi” sahifasini o‘qing...

“Oʻzbekiston ovozi”da “Orolbo‘yi bolalariga “Prezident sovg‘asi” maqolasi e’tiborni tortadi.  “202 yildagi muhim vaqea va loyihalar”, “Eng yaqin va ishonchli hamkor”, “Mehribonlik uyida o‘sdik, endi uyimiz bor”, “2023 yilda nimalarga intilyapsiz?” kabi maqolalar gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Jamiyat”ning bugungi sonida e’lon qilingan maqolalarni ham e’tibor bilan o‘qiysiz. “Daraxt kesishning mudhish oqibati” maqolasida ko‘tarilgan masalalar sizni ham mushohadaga chorlaydi. “Ne’matlarning eng yaxshisi – halovatdir”, Milliy o‘zligimiz timsoli ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi”, “Avval mutolaa qiling, tushunmoq zarurati keyin...”, “Dehqonchilikni “duqchi”liklardan o‘rganing” kabi maqolalar orqali “Jamiyat” sizga ko‘zgu tutadi. 

bugungi gazetalarni o‘qing.

   

A.Narzulloyev, O‘zA