Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
12:34 / 2022-12-13

Vaqtli matbuotni kuzatib, yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz.

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 dekabr kuni Vengriyaning eng yirik “OTR” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qilgani, ftizatiriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari bo‘yicha o‘tgan uchrashuv sharhi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. “Daholik qudrati”, “Yuksak e’tibor yangi marralarga chorlaydi”, “Farzandlar ruhi baland bo‘lsin”, “O‘zimiznikiga aylangan noyob o‘simlik yoxud limonchilik tarmog‘i rivojiga bir nazar” kabi maqolalar va “Yangi O‘zbekiston orzusi” sahifasida bugungi kun ruhi aks etgan.   

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq muhim xabar – sharh o‘rin olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”gi farmoni va “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. Gender tenglik, muammo va yechim, madaniy merosni o‘rganish, iqtisodiyotning haqiqiy drayveri ruhi aks etgan maqolalar va filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulovning “O‘z azmida qoyim turmoq saodati” maqolasini, albatta, o‘qing.

“Ishonch”da jiddiy maqolalar e’lon qilingan. “Salla o‘rniga kalla olinishiga sababchi bo‘lmang!”, “Koronavirus: kunlik kasallanishlar soni nega yuqori?” maqolalari shular jumlasidan. Filologiya fanlari doktori Jabbor Eshonqulovning atoqli adabiyotshunos, akademik Naim Karimov hayot yo‘liga bag‘ishlangan “Asrni ilmga aylantirgan olim” maqolasi umrini ilmga baxshida aylagan inson haqida... 

“Qishloq hayoti”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga” yo‘llagan tabrigi e’lon qilingan.  “Aziz Voitov: O‘zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishdi”, “Klaster tizimi: manfaatdorlik oshmoqda”, “Ilg‘or fermer xo‘jaliklari avtomobil bilan taqdirlandi”, “Aholi daromad manbai oshmoqda”, “Misoli ko‘zgu ular” kabi maqolalarda qishloqlardagi asl hayot, o‘zgarishlar aks etgan. 

bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA