Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
11:01 / 2022-11-03

Kundalik gazetalarni varaqlab, gazeta hayotimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanganib qolganini his etib turasiz.

“Yangi O‘zbekiston”ning bugungi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek,  davlat rahbarining issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishgani to‘g‘risidagi sharh  e’lon qilingan. Innovatsion tafakkur, qonuniy mehnat migratsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, yangicha yondoshuvlar, hayotimni o‘zgartirgan kun ruhi aks etgan maqolalarni o‘qib, inson va jamiyat uyg‘unlikda o‘zgarayotganiga guvoh bo‘lasiz.

“Xalq so‘zi” orqali Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralariga bag‘ishlangan taqdimot va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi” Qonun bilan tanishasiz. Oliy Majlis Senatida Xalq ta’limi vazirining axboroti, “Bosh Qomusimizga kirmay qolgan muhim yo‘nalishlar”, “Buxoro jahon ziyorat turizmi markaziga aylanadi” maqolalari muhim va dolzarbligi bilan e’tiborli.

“XXI ASR”da bir qator muhim maqolalar e’lon qilingan. “Bizdan obod va yashil bog‘lar qoladi” sahifasidan ko‘ngillarga iliqlik yuguradi.  “Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi mehnat erkinligi va huquqlar tengligining to‘liq kafolatidir”, “Maqsad jazolash emas, ko‘mak va rag‘bat ko‘rsatish”, “Odamning o‘zi qanday bo‘lsa, baxti ham shunday bo‘ladi”, “XXI asrning 23-yilida ham “XXI asr” bilan birga bo‘ling!” kabi maqolalar rang-barangligi va ko‘tarilgan masalalarining muhim, dolzarbligi bilan sizni o‘ziga chorlaydi.

“Jamiyat”ning bugungi sonida e’lon qilingan maqolalarni e’tibor bilan o‘qiysiz. “Ko‘zlarimga to‘tiyo tug‘im!” sahifasi orqali Yurt, Vatan tuyg‘usi totini yana bir bor his etasiz. “O‘z boyligimizga egalik qilaylik”, “Sog‘ odam qoldimikan?”, “Manmanning jazosi” kabi maqolalarda o‘rinli muloha, taklif va murojaatlarni ko‘rasiz. 

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “Namanganda ilk bora xalqaro asal festivali o‘tkazildi”, “Shudgorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?”, “Sayohatchi bobo”, “Donli ekinlar salmog‘ini 20-30, go‘sht yetishtirishni 40-50 foizgacha ko‘paytirish mumkin” kabi maqolalarda qishloqlardagi asl hayot, o‘zgarishlar aks etgan. 

bugungi gazetalarni o‘qing.

   

             A.Narzulloyev, O‘zA