Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
10:30 / 2022-11-01

bugungi gazetalar orqali mamlakat, mintaqa va olamda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishasiz. Dunyoda vaziyatlar juda tez o‘zgarayotganini his etib turasiz.

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining bugungi sonida “Energiyani tejash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi” noml sharhi muhim va dolzarbligi bilan e’tiborni tortadi. “O‘zbekiston ko‘magida Mozori – sharif xalqaro aeroporti qayta tiklandi” sahifasi ikki qo‘shni xalq – davlatlar o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro manfaatli hamkorlikning izchil davom etayotganiga yana bir dalil. Samarqand sammiti oldidan, inson qadri uchun, taraqqiyot odimlari, davlat dasturi – amalda, hayotimni o‘zgartirgan kun kabi maqolalar orqali yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ko‘lami qanchalar kengligiga guvoh bo‘lasiz.

“Xalq so‘zi”da e’lon qilingan “Yevropa Ittifoqi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qullab-quvvatlaydi” nomli sahifa orqali  O‘zbekiston va YeIning istiqboli porloq ekanini ko‘rasiz. “Markaziy Osiyo – islom san’ati o‘chog‘i”, “Vaqt va makonni yengib...”, “Vatan sarhadlarini himoyalash – umumiy vazifamiz”, “Yangi O‘zbekiston yoshlar bilan barpo etiladi” kabi maqolalarda bugungi kun manzaralari, turmushimiz, yon-atrofimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar aks etgan.

“Ishonch” –  o‘quvchilari sog‘inib kutadigan gazeta, deb bemalol aytish mumkin.  “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mas’ullariga yo‘naltirilgan “Bir qo‘shchiga yuz boshchi” usulini o‘zgartirib, iste’molchilaraga qulaylik yaratish mumkinmi?” savoliga berilajak javobni siz ham eshitgingiz keladi. “Mutasaddilarning borligini jamiyat sezmayapti” nomli sahifada ko‘tarilgan masala – muammolar kishini sergak tortdiradi. Jumladan, “Jinoyat ko‘chasidagi ayollar. Ularni bu yo‘ldan olib chiqishi mumkin bo‘lgan o‘ndan ortiq tashkilotlar nima ish qilmoqda?” “Mavhumlikdan kim manfaatdor?”, “Bu bizga tegishli emas” kabi maqolalarda ko‘tarilgan savollar qalbingizning bir chetida aks-sado berib turadi. “Qurt tushgan olmalar”, “Arzon va qulay, ammo...” kabi maqolalar ham gazetxon e’tiboridan chetda qolmaydi.

bugungi gazetalarni mutolaa qiling. 

                                                                                               A.Narzulloyev, O‘zA