Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
11:37 / 2022-10-28

bugungi matbuot – gazetalar orqali mamlakat, mintaqa va dunyoda ro‘y berayotgan muhim siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy yangiliklar bilan tanishasiz.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtiroki bilan bog‘liq katta sharh hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu sammitda so‘zlagan nutqi e’lon qilingan. Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda, taraqqiyot manzillari, xalqaro hamkorlik, ekspertlar fikri, yangicha yondoshuvlar, oramizdagi odamlar, Prezident tashrifidan so‘ng, til – millat ko‘zgusi kabi ruknlarda berilgan maqolalar gazetxonni befarq qoldirmaydi.

“Xalq so‘zi” ham davlat rahbarining Ostona safari tafsilotlari keng yoritilgan. Dunyo nigohi, xalqaro anjuman ruknlarida berilgan maqolalarda O‘zbekiston va tashqi olam munosabatlaridagi muhim qirralar aks etgan. Shuningdek, gazetada O‘zbekiston Respublikasining 2 ta – “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ham e’lon qilingan. 

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida  e’lon qilingan atoqli davlat arbobi, hassos adib va shoir Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan sahifa – O‘zbekiston Qahramoni, adib va tarjimon Ibrohim G‘afurov bilan shoir Salim Ashurning “Muhabbat qudrati” nomli suhbati maroq bilan o‘qiladi. Ustoz shoira Sharifa Salimova, shuningdek, Malohat Mirzayeva, Yan Raynisning dilbar she’rlari, atoqli adib Ahmad A’zamning “Vatan haqida yozishga kuchim yetmagan she’rim” novellasi, Suvon Melining shoir Miraziz A’zamga bag‘ishlangan “Haqiqqatga muhabbat” adabiy maqolasini, albatta, o‘qing. 

Adolat”ning bugungi sonida bir qator jiddiy maqolalar e’lon qilingan. “Qonun loyihasiga takliflar berildi”, “Tashqi siyosat tamoyillari kuchaytiriladi”, “O‘quvchilar “Adolat”dan minnatdor” kabi maqolalar shular jumlasidan.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining sudyasi Nodirjon Salomovning ”Ichkilik keltirgan ajal”,  Igor Timofeyevning Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan “Barcha mulklarning eng a’losi” (Kamol Matyoqubov tarjimasida), shuningdek, ustoz jurnalist, taniqli adib Mamatqul Hazratqulovning “O‘tkan kunlar”da  o‘tgan kunlarim”  maqolalari e’tibor bilan o‘qiladi.

“Vatanparvar”da e’lon qilingan “Inson manfaatlari har narsadan ustun” sahifasi bilan tanishib, ichki bir g‘ururni his etib turasiz. “Alplarning jangovar portreti”, “Mashaqqatdan muvaffaqiyat sari”, “Tarixiy tajribaning o‘rnish”, “Ulkan maqsadlarni ko‘zlab” kabi o‘nlab lavha, maqolalar ruhida hayotga, Vatanga cheksiz muhabbat bor. 

bugungi gazetalarni o‘qing...

                                                                                      

A.Narzulloyev, O‘zA