Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
13:08 / 2022-10-27

Kundalik gazetalar bilan tanishib borar ekanmiz, bir hadik ko‘ngildan o‘taveradi – dunyo keskin o‘zgarib borayapti. Matbuot, OAV esa uni o‘zida to‘la aks ettira olayaptimi?..

 “Yangi O‘zbekiston”ning bugungi sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 26 oktyabr kuni Toshkent shahridagi bir qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishgani va tibbiyot xodimlari bilan “Ochiq muloqot”i tafsilotiga bag‘ishlangan sharh, shuningdek, davlat rahbarining “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. “O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo – YeI” sammitida nutq so‘zlaydi va  Toshkentda Yevropa Ittifoqi Kengashi Prezidentini qabul qiladi”, “O‘zbekiston – Yevropa Iqtisodi: istiqbolli hamkorlikning yangi ufqlari” sahifalari dolzarbligi bilan e’tiborli. Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovovning “Elga ham qut yetkurur, ham barakat”, so‘z erkinligi, baliqchilik sanoati, “So‘ylasin Afrosiyobu, so‘ylasin O‘rxun xati...” sahifalari, akademik Naim Karimovning “Alisher Navoiy obrazining “prototip”lari” maqolasi o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtirokidagi tadbirlarga keng o‘rin berilgan. Finlyandiya rektorlar kengashi raisining o‘rinbosari, Kareliya amaliy fanlar universiteti prezidenti Petri RAYVOning “Finlyandiya – O‘zbekiston: ta’limdagi aniq pozitsiya va ezgu maqsadlar”, shuningdek, Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafoqulovning “Fin o‘quv modelining siri va erishayotgan yutug‘i nega dunyoni hayratga qoldirmoqda?” maqolalari kishini befarq qoldirmaydi.

“XXI ASR” chin ma’noda milliy gazeta. Rang-barang. O‘quvchi zerikmaydi. “Ona tili oldidagi burchimiz”, “To‘qqiz oylik faoliyat qoniqarlimi?”, “Hisob palatasigaga qanday vakolatlar berilyapti?” maqolalarini e’tibor bilan mutolaa qilasiz. Taniqli jurnalist Norqobil Jalilning “Bizlar endi xayrlashmaymiz deyishdi chegarada kuzatayotib tojikistonlik jurnalistlar” nomli sahifasida sayohat va samimiy do‘stlikni ko‘rasiz. “Misr, Bolqon, Kavkaz –  Chiyal yaxnisi yana qay yurtlarga yetib borgan?”, ”Til o‘lmaydi, millat o‘lmaydi”, “Shashlikdagi temir parchasi “labihovuz”dagi qo‘rada obdon pishsa-da erimabdi”, “Oshdan chiqqan tosh yoxud ko‘rsavodlikka yetaklayotgan kitoblar xususida” kabi bir qator jiddiy maqolalar e’lon qilingan.

“Ishonch”ning bugungi sonida “Men ne deymanu qo‘bizim ne deydi?..” , “Yurish navbati endi sizdan, Odiljon Tojiyev!” sahifasini o‘qib,  haqiqat – bahslarda namoyon bo‘ladi, naqli esga tushadi. “Ko‘chat ekaylik, bog‘lar yarataylik, ammo...”, “Chorrahada qolgan avlod” maqolalarida ko‘chat ekish madaniyati va insoniy mulohaza, mushohada aks etgan. “Kun nafasi” xabarlar sahifasi orqali dunyoga qaraysiz...

“Jamiyat” oldin ham ta’kidlaganimizdek ruhga kuch-quvvat baxsh etib turgan gazetalarimizdan. “Bozorga chiqmang, onajon!”, “Chirchiqliklarning dovruqli ibrati”, “Qurbon Eshmat kim edi?”, “Azon nima uchun aytiladi?”, “Davlat xizmatchisi kim yoxud endilikda davlat xizmatchilari qanday saralanadi?” kabi maqolalar maroq bilan o‘qiladi.

“Hurriyat”da bir qator jiddiy va qiziqarli maqolalar e’lon qilingan. “Hazildan... o‘t chiqdimi?”, “TABIAT(mi) yoki TA’B(imiz?)”, “Jingillar panohidagi chechak”  maqolalari, Safar Omonning she’rlari, Ilhom Ahrorning “Bodil” nomli adabiy mushohadasini samimiy qabul qilasiz.

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “Klasterlar iqsodiyot rivoji drayveriga aylana oladimi?” maqolasi e’tiborni tortadi. ”Fermer ekoturizm barpo etmoqda”, “Endigi maqsadimiz eksport borasida ham ko‘zlangan natijalarga erishish” kabi maqolalarda qishloqlarmizdagi asl hayot haqida so‘z boradi.

bugungi gazetalarni o‘qing.

   

                                                                                      A.Narzulloyev, O‘zA