Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
10:16 / 2022-10-18

bugungi gazetalarni o‘qib, dunyo tez sur’atlarda o‘zgarayotganini, bu haqdagi axborot-xabarlar  hayotingizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurganini etib turasiz.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 oktyabr kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishishi hamda mahallalar infratuzilmasiga ajaratilayotgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish masalasi bo‘yicha yig‘ilish tafsilotlari bilan tanishasiz. “Munosabat” ruknida berilgan “Umumiy intilishlar bilangina mamlakatlarimiz tinchligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlash mumkin” – Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahridagi hamkorlikni kuchaytirish borasidagi dolzarb takliflari va samarali uchrashuvlariga bag‘ishlangan sharh e’tiborni tortadi. Turkiy davlatlar tashkiloti: o‘zaro bog‘liqlik va hamjihatlikdagi yangi hamkorlik maydoni, elektr ta’minotidagi o‘zgarishlar, mahallalardagi infratuzilma mablag‘lari, raqobatbardosh mahsulotlar yurti, “Qizil”, “sariq” va “yashil” – maktablardagi ijtimoiy ma’naviy muhit, yangi Sirdaryoning oydin tonglari kabi sahifalarda kun sayin o‘zgarib borayotgan jamiyat aksini ko‘rasiz.

“Xalq so‘zi”da “Qurilish loyihalari samaradorligiga e’tibor qaratdi”,  “Mablag‘lar sarflanishini nazorat qilish masalalari ko‘rib chiqildi” – davlat rahbari huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish to‘g‘risidagi sharh bilan tanishasiz.  “Marg‘ilon atlasi: milliy ruh jozibasi”, “Ko‘p qirrali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash uchun muhim maydon”, “Elektron raqamli imzo bilan bog‘liq qonunchilik nega o‘zgardi?”, “Yer uchastkalaridan oqilona foydalanilayaptimi?”, “Ta’lim tizimi: yangilik va islohotlar” nomli maqolalarda muhim masalalar aks etgani uchun e’tibor bilan o‘qiladi. 

“Ishonch”da e’lon qilingan “Changkent”ga aylanayotgan Toshkent yoxud shahar hokimidagilar boshqa atmosferadan nafas olishadimi?” sahifasini, albatta, o‘qing. “Muxlislar e’tirofi” hamda “Til – millat ruhi” sahifalari ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Xususan, “Tilimiz boy va chiroyli, ammo...”, “Meni kechiring, muallim”, “Qo‘l haqidan qisinmaymiz” kabi kichik-muxtasar maqolalarda oqriqli masalalarga duch kelasiz. “Birovning fojiasini doston qilmaylik”, “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” maqolalari o‘quvchini yon-atrofga sal sergakroq boqishga, mushohadali bo‘lishga chorlaydi.

bugungi gazetalarni mutolaa qiling. 

 A.Narzulloyev, O‘zA