English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
11:36 / 2022-09-27

bugungi gazetalarni o‘qib turib, qaynoq jarayonlar ichida yashayotganingizni his etib turasiz.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida davlat rahbari raisligida o‘tgan elektrotexnika sanoatidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish sharhi, shunindek,  akademik Qalandar Abdurahmonovning “Sun’iy intellekt: kecha, bugun va erta” maqolasi, xalqaro turizm kuniga bag‘ishlangan “Jonli tabiat – katta daromad manbai” sahifasi e’tiborni tortadi. O‘zbekiston va SHHT, xalqaro hamkorlik, taraqqiyot mezonlari, munosabat, 1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni ruknida berilgan maqolalarda bugungi kun ruhi, manzaralari aks etgan. “Mumtoz asarlarning nasriy bayoni kerakmi?”, “Iqtisodiy inqirozning oldini olish mumkin, ma’naviy inqirozning-chi” nomli maqolalarni esa, albatta, o‘qing. 

“Xalq so‘zi”dagi “O‘qituvchi, muallim, ustoz – murabbiy...” maqolasini ustozlarga ehtirom deb ham nomlash mumkin. Maqolani o‘qib, quyidagi satrlarga duch kelganda ko‘ngildan nimalar kechmaydi deysiz: “Dunyoning savollari ko‘p, ammo hamisha har qanday shogirddan so‘raladigan bir savol turadi: “Ustozing kim?”... Dunyo nigohi, aks sado, YeXHT O‘zbekistonni Samarqandda SHHT sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan qutladi, davlat ijtimoiy xizmatini raqamlashtirish mavzulari aks etgan maqolalarda tashqi dunyo bilan integratsiyalashayotgan O‘zbekistonni ko‘rasiz.

“Ishonch”ning bu galgi soni ham rang-barang. “37 nafar xodim uchun 143 million so‘mlik zarar to‘lovi undirildi”, “Ular nega uch oy kam maosh olishdi?” kabi ixcham xabar – maqolalar orqali yuzaga chiqqan haqiqatni ko‘rgandek bo‘lasiz. “Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat uchun yoxud “Ipak yo‘li durdonasi” VIV Toshkent xalqaro kinofestivali nimasi bilan yodda qoldi?” sahifasi ham gazetxonni befarq qoldirmaydi. “O‘z joniga qasd qilish so‘nggi chorami?”, “Sochni yoyib yurish modami?” yoki “Sim o‘g‘rilari” kabi maqolalarda mushohada, qilmish-qidirmish, jinoyat va jazo muqarrarligiga guvoh bo‘lasiz.

bugungi gazetalarni mutolaa qiling. 

 A.Narzulloyev, O‘zA