Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
12:00 / 2022-09-23

Vaqtli matbuot – gazetalar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Axborot, xabarlar oqimi ichra nafas olamiz, yashaymiz...

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtiroki bilan bog‘liq sharh, O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan telefon orqali muloqoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Z.T.Mirzayevni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari bilan tanishasiz. O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning “Samarqand ruhi” she’ri, yuksalish pallasi, munosabat, inson qadri, hamkorlik, yoshlarga oid davlat siyosati va ilm-fan fidoyilari runlarida berilgan maqolalar mutolaasi orqali yurtimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar silsilasini ko‘rasiz. 

“Xalq so‘zi”dan  ham “Yangi O‘zbekiston”da e’lon qilingan rasmiy hujjatlar joy olgan. Shuningdek, aks-sado, biz va dunyo, eshituv, senatorlar – hududlarda, xushxabar va muloqot ruhi ustuvor maqolalar ham muhim va qiziqarliligi bilan gazetxon e’tiborini tortadi.

“Ishonch”ning bugungi soni – bayramona. Unda Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining tantanali ochilish marosimi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning marosimda so‘zlagan nutqi e’lon qilingan. “Soxta tilanchilar kimlar?”, “Tashabbusli byudjet: tanga – topganniki, ot – mingannikimi?”, “Profilaktik poyafzal” kabi maqolalarni ham albatta, o‘qing.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida  e’lon qilingan “Olimlik saodat”, “Mehrobdan chayon”ni qayta o‘qib...” maqolalari e’tibordan chetda qolmaydi. Ustosh shoir Yo‘ldosh Eshbek va Madina Muhammadning she’rlari, Madina Tursunovaning “Changi qoqilmagan do‘ppi” hikoyasi ko‘ngillardan joy oladi. Filologiya fanlari nomzodi Abdurahmon Pirimqulovning “Ona siymosining yangicha talqini” maqolasi ham e’tiborli.

Adolat”ning bugungi sonida e’lon qilingan “Sharof Boshbekov “Temir xotin”ning tarixi...” maqolasi orqali benazir drammaturning hayot yo‘li va uning o‘lmas asari  yozilishi bilan bog‘liq ko‘p narsalarni bilib olasiz. “Yangi qurilishlar bahonasida... Hamid Olimjon va Zulfiya yashagan uy buzilmoqda”, “Nega kitob o‘qish kerak? kabi maqolalar ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

“Vatanparvar”da e’lon qilingan “Kelajakka e’tibor bugundan boshlanadi” maqolasida  harbiylarga bo‘lgan, ko‘rsatilayotgan e’tiborga guvoh bo‘lasiz. “Yangi O‘zbekiston mudofaasi ishonchli qo‘llarda”, “Salomatlik maydoni “jangchisi”, “Hamkorlikda kurashish bilangina natijaga erishiladi”, “Buyuk yurt qahramonlarining vatanparvarlik g‘oyalari” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat borligini ko‘rasiz.

bugungi gazetalarni o‘qing...

                                                                                      

A.Narzulloyev, O‘zA