Dunyo bo‘ylab tarqalayotgan axborot, xabarlar oqimi kishini sergak tortdiradi va beixtiyor vaqtli matbuotga yuzlanasiz...
“Yangi O‘zbekiston” газетасиda davlat rahbari raisligida o‘tgan “Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari” masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi tafsiloti bilan tanishasiz. Akademik Oqil Salimovning “Toshkent ruhi yoki Afg‘oniston xavfsizligi va taraqqiyotiga da’vat” maqolasida umuminsoniy muammoga aylangan masalaning yechimi, unda O‘zbekistonning o‘rni haqida so‘z boradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi oldidan, e’tirof, yangicha yondashuv va islohot ruknida berilgan maqolalar mutolaasi orqali yurtimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar silsilasini ko‘rasiz.
“Xalq so‘zi”da e’lon qilingan “Yangi platforma Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida tinchlik, xavfsizlik hamda farovonlik yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaldagi sa’y-harakatlarga mos keladi”, “Ishbilarmonlar sheriklik istiqbollarini belgilab olishdi”, “Konstitutsiya xalqning ruhiyati, tafakkuri va dunyoqarashi bilan sug‘orilgan bo‘lishi kerak” kabi sahifalar e’tiborni tortadi. “Mahkumlarga nisbatan qiynoq va boshqa shafqatsiz muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi”, “Bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish borasida qanday ishlar olib borilyapti?”, “Amudaryoning ikki qig‘og‘i. Afg‘oniston va Surxon vohasi iqtisodiy aloqalari uzoq tarixga ega” tahliliy maqolalari ham dolzarb va qiziqarliligi bilan e’tiborni tortadi.
“Adolat”ning bugungi sonida e’lon qilingan Termiz davlat pedagogika instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Eshbolta Qobulovning “Amu bag‘ridagi do‘stlik kechuvlari tarixi” maqolasini o‘qish foydadan xoli bo‘lmaydi. “So‘qmoqda nima gaplar?”, “Maqsad – chet tilini bilishmi yoki yaxshi mutaxassis tayyorlash?”, “G‘alvir suvdan ko‘tarilganda” kabi maqolalar ham o‘quvchi uchun qiziq.
“Vatanparvar”da O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovning “Metin intizom, mustahkam ijro – mamlakat mudofaa salohiyatini yuksaltirish va yuqori jangovar shaylik asosi” maqolasi e’tiborni tortadi. “O‘zbekning mana shunday o‘g‘lonlari bor”, “Vatanparvarlik tarbiyasi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat borligini ko‘ramiz.
bugungi gazetalarni o‘qing...
A.Narzulloyev, O‘zA