Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
11:22 / 2022-07-26

bugungi gazetalar orqali mamlakat, mintaqa va olamda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishasiz. Dunyoda vaziyatlar juda tez o‘zgarayotganini his etib turasiz.

         «Yangi O‘zbekiston» gazetasining bugungi soni bir qarashdayoq e’tiborni tortadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik va qutlov yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlari, chet ellik siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalari, turli kasb egalariga chuqur minnatdorchiligi bitilgan “Samimiy minnatdorlik” sahifasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. “Suv xo‘jaligida mas’uliyat va ijro intizomini mustahkamlash – yutuqlarimiz garovi” maqolasida  davlat rahbarining quyidagi so‘zlari kishini hushyor torttiradi: “Ijro tizimidagi eng katta muammo – dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik”... O‘zbekiston –Afg‘oniston: do‘stona munosabatlardagi yangicha yondashuv”, “Moturidiya ta’limoti davomchisi”, “Halollik vaksinasi – ta’lim-tarbiyada”, “Murakkab jarrohlik amaliyoti xorijda emas, o‘zimizda amalga oshmirilmoqda” nomli maqolalar orqali yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ko‘lami qanchalar kengligiga guvoh bo‘lasiz.

    “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan O‘zbekiston jahon hamjamiyatining Afg‘oniston bo‘yicha mushtarak yondashuvlarni ishlab chiqish borasidagi sa’y—harkatlarini muvvvofiqlashtirmoqda” nomli tahliliy maqola orqali yon qo‘shnimiz Afg‘onistonning ertasi, jahon hamjamiyatida tutadigan o‘rni qanday bo‘ladi, degan savollarga javob olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning “Yuqori palata faoliyati takomillashuvi – jamiyat tarqqiyotining muhim omilidir”, “Mahalliylashtirish valyuta, vaqt, elektr energiyani tejash imkonini beradi va importga qaramlikni kamaytiradi”, “Hujjat loyihalari yuzasidan fraksiyalar pozitsiyasi qanday?”, “Oltin qalam” – ham rag‘bat, ham e’tirof. Ushbu tanlov yanada ochiq va shaffof o‘tkazilishi kerak.”, “Yozda muzdek, qishda esa muzlamaydi. Buxoro sardobalarining siri nimada?” kabi maqolalar orqali hayot sir-sinoatlari, turmushimiz, yon-atrofimizda yuz berayotgan turli o‘zgarishlar oqimini ko‘rasiz.

       “Ishonch” –  gazetxon qalbini zabt etib borayotgan gazeta. “So‘lim vodiy bag‘rida maroqli hordiq” – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan qoraqalpog‘istonlik bolalar Andijon viloyatidagi “Shabboda shifo Fayz” oromgohida yozgi ta’tilni o‘tkazayotgani haqidagi sahifa e’tiborni tortadi. “Kechki vaqt uchun nega haq to‘lamagan?”, “Qanday yo‘l tutgan ma’qul?”, “Oqizoqlar endi ertak(mi?) kabi maqolalarda ko‘tarilgan savollar qalbingizning bir chetida aks-sado berib turadi. Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshevning taniqli adib Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturudiy” romaniga bag‘ishlangan “Imom Moturudiy” – ilk falsafiy-aqidaviy roman” maqolasi o‘quvchini ushbu romanga, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon ijodiga qiziqishni yanada orttirishga xizmat qiladi.

           bugungi gazetalarni mutolaa qiling. 

                                                                                               A.Narzulloyev, O‘zA