Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda…
12:26 / 2022-07-22

Yer yuzida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar ahvol tez sur’atlarda o‘zgarmoqda. Axborot, xabarlar oqimi o‘quvchini sergak tortdiradi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20-21 iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasi Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi ishtiroki bilan bog‘liq materiallar, “O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda” sahifasida berilgan chet ellik mutaxassislar e’tirofi, Markaziy Osiy xalqaro instituti direktori Anvar Nosirovning “Markaziy Osiyo ruhi yaratuvchanlik va taraqqiyot timsoli” maqolasi Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik, ishonch va o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan e’tiborni tortadi. “Aholi takliflari asosida yangi imkoniyatlar berilmoqda”, “Har qatrasi qadrli”, “Agrar islohotlardan dehqon ham, davlat ham manfaat ko‘rmoqda”, “Ochiq byudjet: muammolar jamoatchilik ishtirokida shaffof hal etilmoqda” kabi maqolalarda  yurtimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar silsilasini ko‘rasiz. 

“Xalq so‘zi”da ham davlat raahbarining Qirg‘iz Respublikasiga qilgan safari taassurotlariga keng o‘ring berilgan. Shuningdek, “Joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash darajasi qay holatda?”, “Fraksiyada hukumat hisoboti ma’qullandi”, “O‘zbekistonda Germaniyaning “KNAUF” kompaniyasi o‘zining uchinchi zavodini ishga tushirdi” kabi maqolalar ham e’tiborni tortadi. “Dorivor o‘simliklar klasteri qanday samara bermoqda?”, “Yelim xaltachalardan qachon qutilamiz?” kabi maqolalarda ko‘tarilgan masalalar – mulohaza, mushohadalar ham sizni befarq qoldirmaydi.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida  O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi oldidan “Har kun chiroy ochgan vatan” nomli katta, salmoqli maqola e’lon qilingan. “Imom Moturudiy haqida roman”, “Bobur toshbitiklari kashshoflari” maqolalarini, albatta, o‘qing. Abdumajid Azim, Dilorom Ergashevaning  she’rlari, Muhammad Salomning “Mening qo‘shnim” nomli essesi maroq bilan o‘qiladi. Adabiyotshunos Burobiya Rajabovaning “Ulug‘ shoir e’tirofiga erishgan zotlar” etyudlari, Jahongir Pirmuhammedovning “Qishloqdagi she’rparast bola” adabiy maqolasi ham e’tiborli.

Adolat”ning bugungi sonida e’lon qilingan “O, yemakxonalar!.. Qani kutubxonalar?!” maqolasini ko‘pchilik o‘qishi lozim. “Tiriklik manbai oltindan qimmat ne’matga aylanadi”, “Tadbirkorlikning Konstitutsiyaviy asoslari yaratilishi lozim”, “Ota qaramog‘idagi bola sud qarori bilan onasi bag‘riga qaytdi”, “Maktab formasi: jozibador va hamyonbop-mi?” kabi maqolalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Vatanparvar”da e’lon qilingan “Jangovar shaylik” maqolasi e’tiborni tortadi. “Vatan posbonimiz – tinchlik qalqoni”, “Umummilliy loyiha: daraxtlarni parvarishlaylik”, “Olislayotgan oy”, “Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi”, “Kallaxonalik alisher Mirzo” kabi maqolalar zamirida hayotga, Vatanga bo‘lgan samimiy muhabbat borligini ko‘ramiz.

bugungi gazetalarni o‘qing...

                                                                                       A.Narzulloyev, O‘zA