bugungi gazetalarni o‘qib turib, mamlakat, mintaqa va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishasiz, dunyo keskin o‘zgarayotganiniga guvoh bo‘lasiz.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida dunyoning aksariyat mamlakatlarida muammo bo‘lib turgan oziq-ovqat masalasi O‘zbekistonda qanday, degan savolga javobni 18 iyul kuni Davlat Rahbari raisligida o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan sharhdan bilib olasiz. Gazeta orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar” to‘g‘risida”gi qaror bilan ham tanishasiz. Tashabbusli byudjet, Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda, yagona o‘quv formasi, san’at ahliga imkoniyatlar, bir viloyat ehtiyojiga teng tejamkorlik va Samarqandga borsam men agar... kabi sahifa – maqolalarda innovatsion o‘zgarishlar, inson ongi va dunyoqarashida yuz berayotgan o‘zgarishlar aks etgan.
“Xalq so‘zi”ning “O‘zbekiston Prezidentining mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini amalga oshirish tashabbusini jahon hamjamiyati bir ovozdan ma’qulladi”, “SHHT yangi ruh bilan boyib bormoqda”, “Samimiy muloqotlar, yuksak ishonch hamkorlikni yanada mustahkamlaydi” kabi sahifalarida O‘zbekiston va tashqi dunyo o‘rtasidagi beg‘araz hamkorlikni ko‘rasiz. “Uzbekistan GTL” zavodi yuqori sifatli dizel yonilg‘isini iste’molchilarga yetkazib berishni boshladi” maqolasi chin ma’noda xushxabar bo‘lib yangraydi. “Yillar, yo‘llar odamlar” sahifasida berilgan lavha, maqolalar ham maroq bilan o‘qiladi.
“Ishonch”da e’lon qilingan bir qator maqolalar e’tiborni tortadi. “Yuzlarda balqiydi baxtiyorlik tuyg‘usi” sahifasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan “Biz bir elmiz, bir xalqmiz, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” shiori ostida150 nafar Orolbo‘yidan kelgan o‘g‘il-qiz Zomin tumanidagi “Zomin” bolalar oromgohida dam olayotgani xususida. “O‘zbekiston qurilgan GESlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida yetakchi”, “Maxsus kiyim kimning hisobidan?”, “Nomangizda nima bitilgan?” kabi maqolalarda bugungi hayot, javobini kutayotgan savollar bor. “Globallashuv jarayonida dunyo aholisining tarkibiy tuzilishi va o‘zgarish jarayonlari” nomli maqolada chuqur tahlil va taqqos bor. “Farzandlaringiz ko‘nglini o‘ksitmang!”, “Baxt boylik bilan o‘lchanmaydi yoxud bugungi kunda sovchilarni tashvishlantirayotgan jiddiy muammo” kabi maqolalarda hayotiy saboq, ota-onalarga ta’kid bor. Kun nafasi ruknida berilgan axborotlar orqali esa muhim yangiliklardan voqif bo‘lish imkoniga ega bo‘lasiz.
bugungi gazetalarni mutolaa qiling.
A.Narzulloyev, O‘zA