Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
11:11 / 2022-05-26

Kundalik gazetalar bilan tanishib borar ekanmiz, matbuot, OAV o‘z o‘quvchilari ishonchini oqlayaptimi, degan o‘y ko‘ngildan o‘taveradi...

 “Yangi O‘zbekiston”ning bugungi sonida davlat rahbarining ikki qarori – “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari o‘rin olgan. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida maktab ta’limidagi islohotlarning borishi muhokamasiga bag‘ishlangan sharh bilan tanishasiz. Buyuk o‘zbek yo‘li, so‘nggi qo‘ng‘iroq, munosabat, innovatsiya, yangicha yondashuvlar va davr nafasi kabi ruknlarda berilgan maqolalar ham muhim va dolzarbligi bilan e’tiborni tortadi.

“Xalq so‘zi”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning “Mamlakatimiz majburiy mehnatga barham berish borasida salmoqli natijalarga erishdi” maqolasi chuqur tahlilga asoslangani bilan e’tiborni tortadi. ”Shukuh” sahifasida berilgan “Katta hayotga chorlagan qo‘ng‘iroq” maqolasini hayajon bilan o‘qiysiz. “Yoshlar migratsiyasi: Huquq va manfaatlar qay darajada himoya qilinyapti?” maqolasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ushbu masalaga bag‘ishlangan anjuman to‘g‘risida. Parlament hayoti, munosib mehnat sharoiti, tizimli islohotlar ruhi aks etgan bir qator maqolalardagi fikr-mulohazalar ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi. 

 “Ishonch” o‘z o‘quvchilariga qiziqarli maqolalar bilan yuzlanadi. “Uchinchi renessans bunyodkorlari tanlovining respublika bosqichida” sahifasi e’tiborni tortadi. “Nigoh” sahifasidan joy olgan maqolalar jamiyatning og‘riqli nuqtalari haqida “bong” uradi. “Chala qolgan ish yoxud Lalmiobod qachon obod bo‘ladi?”, “Yasharayotgan” xastalik yoxud uning tomiriga kimlar suv quymoqda?”, “Yo‘nalishsiz taksilarni kim tartibga soladi?”, “Qubbatul islom maqomini kim himoya qiladi?” maqolalarida ko‘tarilgan savollar egasiga yetib borarmikan, degan o‘ylar sizning ham ko‘nglingizning bir chetida turaveradi. “Ortiqchasi keltirar zahmat”, “Ustyurtda maxfiy aerodrom bo‘lganmi?” maqolalarini esa qiziqish bilan o‘qiysiz. 

“Jamiyat”ning  bugungi soni tahlilga asoslangan, mulohaza yuritishga chorlaydigan maqolalardan iborat. “Rost gapdan kimlar qo‘rqadi? Nega?”, “Farzandlarimiz kitob o‘qishni bizdan o‘rgansin”, “Unitilmas to‘rt kun... yoxud qoraqalpoq ekoinspektorlarining xavfli faoliyati bilan tanishuv” maqolalarida nafs va inson ruhiyati, ibrat, turmush va jamiyat muammolari aks etgan. “Xalqlarni birlashtirgan qasida yoxud xonanda Oleg Gazmanov nima uchun fikrini o‘zgartirdi?”, “O‘zbekiya: Qohira markazidagi o‘zbek mahallasi” maqolalari maroq bilan o‘qiladi. “Jamiyat”ni, albatta, o‘qing... 

“XXI asr”  gazetasida e’lon qilingan “Unitmas seni bog‘ing” maqolasi o‘tnafas shoir – Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi. “Ishchi guruh: Yutuqlar o‘z yo‘liga, muammolarga javob izlash kerak”, “Chotqol chorlaganda bag‘riga bizni...” sahifalarida bugungi kun, hayot manzaralarini ko‘rasiz. “Aktam Xaitov: Konstitutsiyaviy islohotlarda OʻzLi DeRning alohida mas’uliyati bor” maqolasi ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Hurriyat”ning bugungi sonini ham albatta o‘qing. “Bugunnning buyukligi haqida”, “Gullar shahrida festival”, “Umid va ishonch ramzi” sahifalari mazmun-mohiyati bilan sizni islohotlar olamiga olib kiradi. “Sarson-sargardon fermer yoki 23 yildan buyon adolat kutayotgan inson” maqolasida ko‘tarilgan og‘riqlarni qalbingizda his etasiz. Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti Ra’no Fayzullayevaning “Shoirga maktub”i va O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Vatan qolar ekan, Vatan abadiy” turkum she’rlari ko‘nglingizga chinakam she’r zavqini olib kiradi.

 “Oʻzbekiston ovozi”da e’lon qilingan “Yarmini 4 kishi, qolganini bir kishi...”, “Davlat va’dasini qachon bajaradi?”, “Davlat xizmatchisi xalq xizmatchisi demak”, “Dunyoni yaxshilar o‘zgartiradi”, “Saylovga hokimiyat aralashyaptimi?”, “Jonga ham, molga ham xavf” kabi maqolalarda jamiyat hayoti, yutuqlar, qusurlar, tabiat hodisalari va e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan omillar tahlil qilinadi...

“Inson va Qonun” gazetasi tilimiz uchida turgan, qalbimizda kechayotgan dardlar haqida so‘z ochadi. “Aytsam TILIM, aytmasam DILIM kuymoqda... Yoxud pista po‘chog‘idan kema yasamaylik!” maqolasi bunga dalil. “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi”,  “Uyimiz buzilib, bizga uy berilmasligi mumkinmi?”, “Aliment puli kamaytirilishi qonuniymi?”, “Mahkumlar qanday avf etiladi?” kabi ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob olasiz. “Bojxonachilar muzeyiga borganmisiz? Albatta, boring!” sahifasini o‘qib, muzey tomon yo‘lga chiqasiz.

“Qishloq hayoti”ida yurtimiz qishloqlari, undagi asl hayot aks etgan. “Irrigatsiya tizimidagi islohotlar jurnalistlar nigohida”, “Farg‘onaliklarning o‘rgansa arziydigan ibratli ishlari ko‘p”, “O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi changlatadigan gilos navlari yetishtirilyapti” kabi maqolalar shular jumlasidan...

bugungi gazetalarni o‘qing.

    A.Narzulloyev, O‘zA