Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda…
12:18 / 2022-04-22

bugungi matbuot, ommaviy axborot vositalari orqali mamlakat, mintaqa va dunyoda ro‘y berayotgan muhim siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy yangiliklar bilan tanishasiz.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida davlat rahbarining Qashqadaryo safari keng yoritilgan. “Qashqadaryo: islohotlar natijasi va yangi imkoniyatlar” sahifasini o‘qing. “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy shakli. U qachon va qay tarzda namoyon bo‘lishi kerak?”, “Mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari” sahifalari, “Tanqiddan xulosa chiqarib...”, “Bandlik rejalarini bajarmaslikka hech kimning haqqi yo‘q”, “Organik qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyo mamlakatlarida qanchalik rivojlanmoqda?”, “Suvlar toshqin, manzil olis edi, biroq...” kabi maqolalarda islohotlar, yurtimizning bugungi hayoti aks etganiga guvoh bo‘lasiz. Munavvara Usmonovaning O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyevaga bag‘ishlangan “Bir hovuch suv qo‘shgan ismimga xalqim...” qutlovi samimiyligi bilan ko‘ngildan joy oladi.

“Xalq so‘zi” ham davlat rahbarining Qashqadaryo viloyatiga safari tafsilotlariga alohida e’tibor qaratgan. Nazira Mambetsharipovaning “Ko‘z o‘ngimizda” ruknida e’lon qilingan “Ko‘ngillarni bugun baland jo‘shishga haqqi bor...” maqolasini diqqat bilan o‘qiysiz. Shuningdek, gazeta orqali Senat qo‘mitasida, senator va hayot, bag‘rikenglik va dolzarb mavzular ko‘tarilgan sharh, lavha, maqolalar bilan ham tanishasiz.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida “Navqiron fasl ilhomlari” sahifasi e’tiborni tortadi. Sakson yoshini qutlayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyevaning vatan qadri va hikmatga yo‘g‘rilgan she’rlari ko‘ngilga malham bo‘ladi. Shuningdek, Dilorom Ismoilova, Samad Muhammad Daminning she’rlari, Ochil Xudoyberdiyevning “Ota” hikoyasini mazza qilib o‘qiysiz. “Ramazon shukuhi”, “Ko‘ngil nuri tomgan satrlar”, “Faryodi Turkiston” kabi maqolalardan ko‘ngil suv ichadi, ruh quvvat oladi.

Adolat”ning bugungi sonida bir qator jiddiy maqolalar e’lon qilingan. “Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari muhokama qilindi” sahifasi ko‘pchilikni qiziqtiradi. “Reklam qilinayotgan dorilarning ta’siriga ishonasizmi?”, “O‘zbekistonda so‘z erkinligi: kecha, bugun, ertaga”, “Uy-joy sotishda aldanib qolmang” kabi maqolalarda sizni qiziqtirgan ba’zi savollarga javoblar bo‘lishi mumkin.

“Vatanparvar”da e’lon qilingan “Sayan yurishi”: harbiylar kuchli uchlikdan joy oldi” sahifasi bilan tanishib, ichki bir g‘ururni his etasiz. “Mardlar maydonda bilinadi”, “Yurt qo‘riganning yurti buzilmas” kabi o‘nlab lavha, maqolalar ruhida hayotga, Vatanga cheksiz muhabbat bor.

“Jamiyat”. Bu gazeta chin manoda hayotimizning ko‘zgusiga aylanib borayotgandek. Afsuski, kecha nashrdan chiqqan gazeta qo‘ng‘iroqlarimizdan keyin, bugun qo‘limizga kelib tushdi. Mas’ul tashkilot obunachiga nashrlarni vaqtida yetkazib berishi shartligini qayta-qayta eslatib turib turish, bilmadik kimga kerak. So‘nggi paytlar ayrim gazetalar vaqtida kelmayotgani – bor gap. “Jamiyat”ga kelsak, u sizga yaxshi “hamsuhbat” bo‘la oladi. “Shifokorlar “yulg‘ich” bo‘lsa gar, paytavaning salla bo‘lgani shuldir” maqolasi sizni muhokamaga chorlaydi. “So‘z erkinligi” chegarasiga daxl qilayotganlar”, “Ezgu amallar fursati” kabi sahifalar bilan tanishib, bugungi kun manzaralari, Ramazoni sharif shukuhini his his etib turasiz. “Zarafshonlik tadbirkorlar yutqazdimi?”, “Buyuk jadidning qaytishi” kabi maqolalar ham e’tibordan chetda qolmaydi.

bugungi gazetalarni o‘qing...

A.Narzulloyev, O‘zA