Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
11:39 / 2022-03-29

bugungi gazetalarni o‘qib turib, mamlakat, mintaqa va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishasiz, dunyo keskin o‘zgarayotganini his etib turasiz.

  “Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida o‘zbek – turk munosabatlari alohida o‘rin tutadi. Turkiya Prezidenti rasmiy tashrif bidan O‘zbekistonga kelayotgani haqidagi xabar va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning “Turkiya – O‘zbekiston: qardoshlik rishtalariga asoslangan abadiy do‘stlik va hamkorlik” nomli dil so‘zlari sizning ko‘nglingizda ham aks-sado beradi. Birinchi Toshkent xalqaro forumi, “yashil makon”, islohotlar samarasi, yangicha yondashuvlar, mulohaza va nuqtai nazar, inson qadri kabi tuyg‘ular aks etgan maqolalarda bugungi O‘zbekiston qiyofasini ko‘rasiz. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, pofessor Bahrom Abduhalimovning “Bobolarimizning ilmiy merosi qardosh xalqni ham bahramand etmoqda” maqolasi maroq bilan o‘qiladi.

“Xalq so‘zi”da ham o‘zbek-turk munosabatlari keng yoritilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan sog‘liqni saqlash sohasiga oid videoselektor yig‘ilishi tafsilotiga bag‘ishlangan sharh, o‘zaro hamkorlik, fraksiyalar faoliyati, xotin-qizlarga e’tibor ruhidagi xabar, lavha, maqolalarda jamiyatdagi ijobiy siljish – o‘zgarishlarni ko‘rasiz. “O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari taqdimoti”, “O‘zbekiston – yashash va ishlash uchun qulay mamlakat”, “Marjon momoning “marjon”lari” kabi maqolalarni e’tibor bilan o‘qiysiz.

“Ishonch”da ko‘klam nafasi hukmron. Shoira Xosiyat Rustamovaning “Bahor” nomli mo‘’jaz she’ri ko‘nglingizga bahoriy iliqlik olib kiradi:

Sal iliqlik o‘tib taniga,

Quyosh kabi ko‘tarib ko‘ksin.

Yelka tutib bir-birlariga

Toklar ko‘kka bo‘y cho‘zar sekin...

“Kun savoli” ruknida e’lon qilingan “Muallimlar ovoz yig‘adi... Bu tartibda mantiq qani?” maqolasida ko‘tarilgan muammo sizni ham befarq qoldirmaydi. “Ufq ortida nimalar bor? Yoxud madaniy-ma’rifiy qadriyatlarga boshqa rakursdan qarash fursati yetmadimi?”, “Mehnatning tagi rohat bo‘lsin! Yoxud haftalik nega oylikka aylantirilmoqda?” kabi maqolalarda bugungi kunning dard, muammolari aks etgan. “Fonogrammasiz yashang!”, “Duogo‘yingizni yo‘qlab turing” nomli maqolalarni maroq bilan o‘qiysiz...

bugungi gazetalarni mutolaa qiling.

                                                                                               A.Narzulloyev, O‘zA