Yer yuzida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar ahvol tez sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Axborot, xabarlar oqimini kuzatib, tinch, osuda hayot inson uchun naqadar muhimligi ko‘nglimizdan o‘ta boshlaydi...
“Yangi O‘zbekiston” gazetasida yurtimizdagi bugungi hayot keng yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi istiqbolli loyihalarning taqdimot maydoni bo‘ladi” sharhi gazetxon e’tiborida bo‘ladi. “Uchinchi uyg‘onish davri tom ma’nodagi Raqamli Renessans demakdir, “Zamonaviy buyuk ipak yo‘li: dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiyasi bilan hamqadamlik”, “O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari “yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha bayonot qabul qildi”, “Xavfsiz, tartibli hamda qonuniy mehnat migratsiyasi” kabi maqolalarda yurtdagi ijobiy o‘zgarishlar silsilasini, tashqi dunyo bilan integratsiyalashayotgan Yangi O‘zbekiston qiyofasini ko‘rasiz...
“Xalq so‘zi”da gazetxon e’tiborida bo‘ladigan bir qator muhim maqolalar e’lon qilingan. “COTTON CAMPAIGN” xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasiga global boykot chaqirig‘ini tugatdi”, “Deputatlar qo‘mita raislarining javoblarini qanday baholadi?”, “Har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil” sahifalari diqqat bilan o‘qiladi. “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun – hayot taqozosi”, “Tibbiyot sohasi korrupsiyadan qachon xoli bo‘ladi?”, “Kamchiliklar ko‘p... ammo harakat qilyapmiz” sahifalarida bugungi kun odamlari va turmush manzaralari aks etgan...
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida ayolga ehtirom va bahoriy kayfiyat ustunlik qiladi. “Yaduhili shamoli” maqolasi e’tiborni tortadi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Kumush Abdusalomovaning “E’zozlar, ardoqlar uchun tashakkur!” dilnomasi maroq bilan o‘qiladi. Tojikistonlik taniqli shoir Sayfullo Qulayevning she’rlari, Abdulla Vaxsh, Gulruh Xudoyorovalarning dilga yaqin bitiklari, Raxshona Ahmedovaning “Izhor” hikoyasi ko‘ngildan joy oladi. Shomirza Turdimovning “Yirik go‘ro‘g‘lishunos edi”, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning “Ularning “aybi” vatanni sevgani edi” maqolalarida kecha va bugungi kun, o‘tmishning munlug‘ lahzalarini ko‘rasiz..
“Adolat”ning bugungi sonida bayram ruhi ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Shuningdek, “Mashina bozoridagi mushtumzo‘rlar” maqolasi orqali jinoyatga jazo muqarrarligiga guvoh bo‘lasiz. Ustoz jurnalist Kamol Matyoqubovning “Qo‘yqirilgan qal’aning qadim sirlari” maqolasida biz bilgan va bilmagan tarixni ko‘rasiz. Jurnalist Muhiddin Omadning “Oltin davrning kunduzgi, kechki va sirtqi muammolari” maqolasi ham zo‘r qiziqish bilan o‘qiladi.
“Vatanparvar”da ham ko‘klam shukuhi, ayollarga ko‘rsatilayotgan ehtirom ustunligi ko‘zga tashlanadi. “Vatanga xizmat sari yo‘l...”, “Vatanparvar”da kitobxonlik targ‘ibotining konvergentlikka bog‘liqligi”, “Har bir yevropalikni lol qoldirgan, ammo...” uch xonlik davri harbiy tarixiga oid maqolalar zavq bilan o‘qiladi. “Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!”, “Kitob o‘qilmagan kun...” kabi maqolalar ruhida hayotni anglash, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat borligini ko‘ramiz.
bugungi gazetalarni o‘qing...
A.Narzulloyev, O‘zA