Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: gazetalarni varaqlaganda...
14:53 / 2022-02-15

bugungi gazetalarni varaqlab, mutolaa qila turib, mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini aniq tasavvur qilgandek bo‘lasiz.

 “Yangi O‘zbekiston” rang-barang materiallarga boyligi bilan e’tiborni tortadi. Davlat rahbarining 14 fevral kuni mashinasozlik sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlari nafaqat soha mutaxassislari, balki barcha vatandoshlarimizni ham qiziqtiradi. Mazkur yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalarga qarab o‘zbek mashinasozlik sanoatining ertasini tasavvur qilish mumkin. Gazeta orqali Prezidentning “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki olimpiya va paralampiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan ham tanishasiz. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi BMT Bosh Assambleyasida taqdim etildi” maqolasi ham gazetxonni befarq qoldirmaydi. “Ochiqlik, adolat va natijadorlikka asoslangan tub islohotlar davri boshlanmoqda”, “Ulug‘ allomalarimiz merosi jahon uchun hidoyat mayog‘idir” nomli maqolalarni maroq bilan o‘qiysiz. “Bulut “ekish” texnologiyasi yurtimizda yomg‘ir va qor yog‘dirish imkonini beradi” maqolasi dolzarb, muhim va ayni paytda juda qiziqligi bilan ko‘pchilik diqqat-e’tiborini o‘ziga tortadi. “Bobur buyuk sarkarda” sahifasida Zahiriddin Muhammad Boburning noyob harbiy salohiyati xususida so‘z boradi.

“Xalq so‘zi”da  bir qator muhim va dolzarb maqolalar berilgan. “Iqtisodiy barqarorlik”, “Rahbarlik ulkan mas’uliyat”, “Bobur merosi avlodlar e’zozida” nomli maqolalar o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. “Ombudsman hisoboti deputatlarni qanoatlantiradimi?”, “Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar qanday hal bo‘layapti?”, “Yangi bog‘chada nega bola kam..?”, “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” kabi maqolalarda muammolar, tahlil va o‘ziga xos yechimni ko‘rasiz. Usmon Nosirga bag‘ishlangan “Yuragini sozga aylantirgan shoir”, jadid Sa’idrizo Alizoda umr yo‘liga bag‘ishlangan “Iste’dod egasi va istibdod qurboni” maqolalarini ichki g‘urur va o‘kinch bilan o‘qiysiz.

“Ishonch” gazetasi ham rang-barang va mazmundor. “Bobur dahosiga ehtirom” sahifasi e’tiborni tortadi. “Kun nafasi” ruknida berilgan xabarlar lentasini kuzatib muhim yangiliklardan voqif bo‘lasiz.. “Salomatlik posbonlari. Ularga e’tibor yetarli darajadami?” maqolasi orqali boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari karantin vaqtida salomatlik posbonlari manfaatini qanday himoya qildi va qilmoqda, degan savollarga javob olasiz. “Qarshingizda “ming tilla”lik imkoniyat yoxud kelajak kasblari haqida mulohazalar”, “Bizga tekin, lekin... yoxud yelim xaltadan qachon voz kechamiz?” maqolalarida bugungi kun ruhini, muammolarini ko‘rasiz. Atoqli shoir Omon Matjoning so‘nmas xotirasiga bag‘ishlangan “Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi” maqolasi maroq bilan o‘qiladi.

bugungi gazetalarni mutolaa qiling. Unda o‘tayotgan kunimizning ovozini, istiqlol va islohotlar nafasini his etasiz. 

                                                                                               A.Narzulloyev, O‘zA