Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: Gazetalarni varaqlaganda…
12:42 / 2022-01-28

Geosiyosiy, iqtisodiy, gumanitar ahvol tez sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Dunyo burilish ostonasida turgandek. Odamzot ana shu kutilmagan “yangiliklar” ichidan kelajakka umid va ishonch bilan qaramoqda. Axborot, xabarlar oqimida esa bu narsa aks etib turibdi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasini varaqlab, unda jamiyatdagi o‘zgarishlar bor bo‘yi bilan aks etib borayotganini ko‘ramiz. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ”Hindiston – Markaziy Osiyo” sammitidagi ishtiroki va unda so‘zlagan nutqi gazetxonlar e’tiborida bo‘ladi. “Xalqparvar davlat islohotlari”, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – inson qadrini ulug‘lagan xalqchil bosh dastur” sahifalarida  O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasiga munosabatlar berilgan. “Hokim yordamchilari: Prezidentning mahalladagi vakili”, “Koronavirus hamon tahdid solmoqda” maqolalari bugungi kunning muhim vazifalarni o‘z ichiga olgani bilan o‘quvchini qiziqtiradi.

“Xalq so‘zi”dan o‘rin olgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning “Taraqqiyot strategiyasi – xalq muallifligidagi tarixiy hujjat” tahliliy maqolasi, “O‘zbekiston – Hindiston: samimiylik, ochiqlik va do‘stlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda” sahifasida muhim va dolzarb masalalar ko‘tarilgan. “Kambag‘allik kamida ikki baravar qisqartiriladi”, “Norma ijodkorligi yo‘nalishidagi ishlar ahvoli qanday?”, “Hayotdan rozi va baxtli bo‘lishda salomatlikning ahamiyati beqiyos” maqolalarida bugungi kun ruhi aks etib turganini ko‘rasiz. “Xavfsiz va ishonchli” mamlakatimiz havo transporti yo‘lovchilarga shunday xizmat ko‘rsatishga intilmoqda”, “Yangiyo‘l mahallasidagi eski muammolar” maqolalari ham o‘quvchi e’tiborini tortadi. Gazetadan o‘rin olgan yana bir qancha xabar, lavha, maqolalar ham muhim va dolzarbligi bilan e’tiborni o‘ziga tortadi.

“Vatanparvar” gazetasining bugungi sonini maroq bilan o‘qiysiz. “Chotqol tizmasi etaklarida...” sahifasi e’tiborni tortadi. “Chiniqish va toblanish uchun”, “Desantlar malakasi oshirilmoqda” kabi maqolalar bugun harbiy  qismlarda olib borilayotgan islohotlar xususida.  Muattar Meliyevaning “Buyuk homiy”, Furqat Ergashevning “Har kim o‘z yukini o‘zi ko‘tarishi kerak” maqolalarini zavq bilan o‘qiysiz. “Ofitserning rafiqasi...”, “Ayol monologi” sahifalarida vatan himoyachilari ortida turgan mutahkam qoya – ayol va uning xizmatlari  xususida. “Vatanparvar”dan o‘rin olgan yana bir qator maqola, xabar, lavhalarda ham harbiylarimizning bugungi hayoti, vatan, vatanparvarlik bilan bog‘liq samimiy lavhalar ustunlik qiladi.

“Adolat”ning bugungi sonida  gazetxon e’tiborini tortadigan maqolalar ko‘p. Masalan, “Fraksiya yig‘ilishi” ruknida berilgan “Davlat dasturining ayrim bandlari ijrosi e’tirozlarga sabab bo‘ldi”, “Onlayn saboqlar: yutuq va muammolar” kabi sahifalar o‘quvchini qiziqtirishi tabiiy. “Tahlil va tadqiqot” ruknida siyosiy fanlari doktori, professor To‘lqin Alimardonovning “Tanish-bilish illatmi? Yoxud ijtimoiy yuksalish qonuniyatlari nimada?”, “Muallim ila muharrir millatning ikki qo‘lidir” maqolalari bugungi kunimiz muammolari va tarix yaratgan ulug‘ insonlar haqida...

Gazetalarni o‘qing, bugungi kun havosidan nafas oling...

                                                                                      A.Narzulloyev, O‘zA