Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
14:10 / 2022-01-19

Jurnalist va muxbirlarning hayotning eng qaynoq nuqtalarida bo‘lishi, ana shu tashvishlar ichida yashashi va odamlarni zarur axborot, xabarlardan ogoh etib borishi zamon talabi. Ko‘pchilik qiziqib o‘qiyotgan, mulohaza yuritayotgan har bir axborot, xabar, maqolaning ortida qalam ahlining kamtarona mehnati yotadi.

“Yangi O‘zbekiston”ning bugungi sonidano‘rin olgan “Prezident maktablari... undagi muhit, metodika boshqa maktablarga ham olib kiriladi” maqolasi  ko‘pchilik ota-onalar, o‘qituvchilar e’tiborida bo‘ladi. “Kun mavzusi” ruknida berilgan “Vaksinaning buster dozasi koronavirusning “omikron” shtammidan ishonchli himoya” maqolasi ham mazmun-mohiyati bilan dolzarb. “Yuksalish sur’atlarining ishonchli trayektoriyasi”, “Ma’naviy yangilanish” kabi sahifalarda tahlil va taqqos, inson qadri bilan bog‘liq tuyg‘ular naqadar muhimligini yana bir bor his etasiz. “Fudshiring – oziq-ovqat mahsulotlari isrof qilinishining oldini olishda zamonaviy yondashuv”, “Qish chillasida yoz ne’matlari” kabi maqolalar ham ko‘tarilgan masalaning muhim, dolzarbligi bilan e’tiborni tortadi. 

“Xalq so‘zi” gazetasida e’tiborni tortadigan maqolalar anchagina. “Ogohlik” ruknida berilgan “So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman” maqolasi yurtdoshlarimizni o‘z sog‘liklariga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi. “Ma’naviy-ma’rifiy uyg‘onish, inson qadrini ulug‘lash – Yangi O‘zbekistoni qurishning eng asosiy omili”, “Odamlar turmushida qanday o‘zgarishlar yuz berayapti?”, “Kommunal sohadagi asossiz qarzdorliklar qachon barham topadi?” nomli maqolalar ham zo‘r qiziqish bilan o‘qiladi. Ularda bugungi kun dardi, ruhini his eitb turasiz...

“Hurriyat” odatdagidek samimiy, ko‘ngilga yaqinligi bilan ajralib turadi.  “Shaxs, jamiyat, axborot: oqilona chora izlab?..”, “O‘qishga vaqt yo‘qmi?”kabi maqolalar e’tiborni o‘ziga jalb qiladi. “Hurriyat”chilar jamiyatning og‘riqli nuqtalari haqida gapirishga jazm etgani tahsinga loyiq.  “Uddaburon yo‘lovchi”, “Qo‘y ichagini eksport qilsa bo‘ladimi?”, “E’tiborsizlik halokatga boshlashi mumkin” kabi maqolalarda bugungi kun manzaralari, kuyinchaklik, dard, og‘riq bor. Viktor Alimasovning “Yashash iyzolari” essesini ham shunchaki, bee’tibor o‘qiyolmaysiz. She’riyat sahifasida shoir Xoldor Vulqonning she’rlaridan bahramand bo‘lasiz...

“Oʻzbekiston ovozi”ning bu soni o‘quvchi e’tiborini tortadigan maqolalarga boyligini ta’kidlash kerak. “Xalq bizni o‘zgartiradi” maqolasi e’tiborni tortadi.“Buyuk istak”, “Kim haq?”, “Universal ijodkor” kabi maqolalarni zavq bilan mutolaa qilasiz. “Vaksina oling, qutulasiz!” ruknida berilgan “OMIKRONdan najotmi?..” maqolasi har birimizni aql bilan ish tutishga da’vat etadi.

“Milliy tiklanish”da e’lon qilingan  “Parlament xalq uyiga aylana oladimi?” maqolasi albatta  gazetxon e’tiborini o‘ziga tortadi. Shuningdek, gazetadan “Mansabdorlar mas’uliyatli, deputatlar shijoatli bo‘lib qolgani yo‘q!”, “G‘irromlik yoki madaniy pultoparlik “o‘yin”laridan Bosh vazir o‘rinbosarining xabari bormikan?”, “Jabrdiydalar dodini eshitish va... qonunchilikni o‘zgartirish kerak” kabi maqolalarda ham bugungi kun dardi, muammolari bo‘rtib turganini ko‘rasiz.

“Yoshlar ovozi”, “Molodej Uzbekistana” gazetalari миллионлабo‘zбекистонлик yoshlarning nashri.Gazetani  mutolaa qila turib, ijodiy jamoa bu vazifani qanday ado etayotganini ko‘rgandek bo‘lasiz. “Meni sevsang agar,chiqqin chelak ko‘tarib” maqolasida muhabbat haqida emas, ijtimoiy muammolar xususida so‘z yuritiladi. “Qachon emlanasan, ey sen, olomon?!”, “Yoshlarga 290 milliard so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi” maqolalarida yoshlarga murojaat, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritiladi.

bugungi gazetalar muhim xabar, axborot, tahliliy maqolalarga boy, o‘qishni unutmang...

                                                                              

A.Narzulloyev, O‘zA