Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: Gazetalarni varaqlaganda…
11:12 / 2021-12-17

Dunyo soat, kun sayin o‘zgarmoqda. Ammo, shunga qaramay, boshidan ko‘p sinovlarni o‘tkazgan odamzod yangicha sharoitda yashashga moslashib mehnat qilayotgani, oldinga qarab intilayotgani va bu holatni matbuotda yaqqol ko‘zga tashlanib borayotganiga quvonarli holdir.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida mamlakat va tashqi siyosatga oid muhim xabarlarga keng e’tibor qaratilgan. Davlat rahbarining Janubiy Koreya poytaxti Seulda bo‘lib turgani, baxshichilik san’ati namoyandalari va muxlislariga tabrigi o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyevning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga bergan intervyusi, Elchi Vitaliy Fenning “O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga boshlangan davlat tashrifi o‘zaro munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqadi” maqolasi o‘zgarayotgan bugungi O‘zbekiston haqida... 

«Xalq so‘zi» gazetasida ham alohida e’tibor bilan yoritilgan “Boqiy san’atimizning xalqaro e’tirofi” baxshichilik san’ati YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani haqidagi xushxabar ko‘pchilikni xushnud etadi. Gazeta orqali davlat rahbarining “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kuni to‘g‘risidagi axborot bilan ham tanishishingiz mumkin. 

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning O‘tkir Hoshimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor qaytadi” maqolasi adib muxlislarini shod etadi. Ahmadjon Meliboyevning atoqli adib Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan “Yillar sanog‘iga sig‘magan umr!” maqolasi, O‘tkir Hoshimovning “Odamgarchilik” nomli hikoyasi, shoir Tursun Alining “Vatan kengliklari” dostoni, shoir Olloyorning “Olislarda bolaligim bor” nomli turkum she’rlari o‘quvchiga o‘zgacha ta’sir qiladi. 

“Adolat” gazetasida e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Seulga keldi”, “Seulda Alisher Navoiy byusti ochildi” kabi xabar-axborotlar e’tiborni tortadi. “Mantiqsizlik qachongacha davom etadi?”, “Amu sohilidagi afsonaviy shahar”. “Yo‘lkira: echkiga jon, qassobga yog‘ qayg‘usi...(mi?!)” kabi maqolalar ham maroq bilan o‘qiladi. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning “Odamlarning gazeta o‘qishga chanqog‘i baland”, “Inson o‘zing...” nomli maqolalarda ham bugungi kun dardi, ruhi hukmron... 

“Vatanparvar” o‘z nomi bilan ko‘ngilga yurtga muhabbat, el-yurt qadrini singdira boradigan gazeta. Uning bugungi sonini varaqlab turib, yuqoridagi fikrlarga yana bir bor amin bo‘lasiz. «Harbiy tarixni o‘rganish: maqsad va vazifalar», «Artilleriya mutaxassislarini tayyorlashda dadil qadam», «Yangi texnikalar topshirildi» kabi maqolalar o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortadi. Shoir va jurnalist Abdurazzoq Obro‘yevning Senator Farmon Toshev bilan qilgan «Agar o‘zimiz o‘zgarmasak bizni boshqalar o‘zgartiradi» suhbatida jamiyatning bugungi ma’naviy olami, yutuq va qusurlar haqida so‘z boradi. “Dengizga otilgan kitob”, ”O‘q yomg‘irlari ostida yozilgan she’rlar”, ”Ona tilim – o‘zligim, shonim, nomusim, orim” kabi maqolalarni o‘quvchi zo‘r qiziqish bilan o‘qiydi. «Vatanparvar»ning bugungi sonidan o‘rin olgan boshqa maqola, xabar va reportajalar ham rang-barangligi va qiziqarliligi balan diqqatga sazovordir.

Gazetalarni o‘qing, kun havosidan nafas oling... 

A.Narzulloyev, O‘zA