French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun futbol: Azaliy raqiblar to‘qnashuvi
09:42 / 2025-11-18

Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Ayn xalqaro kubogi” o‘tkazilmoqda.

18 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa finalida Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. “Hazza bin Zayid” stadionida o‘tkaziladigan mazkur to‘qnashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Shu o‘rinda xalqaro musobaqa haqida to‘xtalib o‘tsak. Musobaqada to‘rt terma jamoa ishtirok etdi. Tabiiyki, o‘yinlar yarim final bosqichidan boshlandi. O‘zbekiston - Misr, Eron - Kabo-Verde termalari final yo‘llanmasi uchun to‘qnash keldi. Eron raqiblari bilan asosiy vaqtda 0:0 hisobida durang o‘ynab, yakunda penaltilar seriyasida zafar quchdi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Misr bilan bahslashdi. Uchrashuv boshlangunga qadar Misr termasi favoritdek tuyulayotgan edi.

Biroq o‘yin boshlanishi bilan shiddatli hujumkor o‘yin namoyish etgan vakillarimiz raqibning eng nomdor o‘yinchilariga qarshi munosib raqobatlashdi. Natijada, uchrashuvning 4-daqiqasida Oston O‘runov o‘zining yuqori texnika va tezkorligini ko‘rsatib, misrlik himoyachilar to‘sig‘idan yorib o‘tdi va hisobni ochdi. 43-daqiqada esa Oston o‘zining ikkinchi golini urdi va o‘yin 2:0 hisobida yakunlandi.  

Shu tariqa Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz final bosqichiga chiqdi va Eron bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Endi esa bu terma jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasiga e’tibor qaratamiz. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston va Eron termalari jami 17 ta bahsda raqobatlashgan. Unda hamyurtlarimiz 2 ta o‘yinda zafar quchgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan. Qolgan barcha o‘yinlarda eronlik futbolchilarning qo‘li baland kelgan. Biroq, shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Eron termasi so‘nggi 5 ta o‘yinda, aniqrog‘i, 2 yildan beri futbolchilarimizni mag‘lub etishni uddalay olmayapti. Sentyabr oyida poytaxtimizda o‘tkazilgan "CAFA Nations Cup" turniri finalida futbolchilarimiz azaliy raqiblarini 1:0 hisobida taslim etdi.

Yana bir ahamiyatli jihat shundaki, Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin Fabio Kannavaro uchun ham yana bir sinov va kelasi yilgi Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA