French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bugun erishilgan muvaffaqiyat siri ertangi omad eshiklari uchun kalit bo‘la olmaydi”
12:56 / 2020-01-31

Bugun Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Bahronov bilan sohaga oid islohotlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashamiz.


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2019 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan vazirlik sifatida e’tirof etildi va “2019 yilning eng namunali vazirligi” yo‘nalishida taqdirlandi.

Bugun Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Bahronov bilan sohaga oid islohotlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashamiz.

– Huquqshunos sifatida bugun adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha fikringiz qanday?

– Insoniyat borki, huquqiy munosabatlar mohiyatida yashab kelmoqda. Aytaylik, tug‘ilgan chaqaloqqa guvohnoma berishdan boshlab, nafaqa guvohnomasigacha bo‘lgan jarayonlar borki, qonun tartibga soladi. Mana shu jarayonlarda esa adliya tizimining o‘rni muhim. E’tibor bering, adliya sohasining 100 yillik tarixida ilk bora “respublika-viloyat-tuman” vertikal faoliyat prinsipiga asos solindi. Bu tizim esa qonun hujjatlari targ‘iboti va qonunlar himoyasining Mo‘ynoqdan Xonobodgacha bo‘lgan hududda qat’iy kafolatlanishiga zamin yaratdi.

Oxirgi 3 yilda adliya organlari va muassasalari faoliyatni tartibga solishga qaratilgan 4 ta qonun, 14 ta farmon va qarorlar, 26 ta hukumat qarorlari qabul qilindi. Bu hujjatlar adliya sohasini isloh qilishning sifat jihatdan yangi bosqichini boshlab berdi.

Endilikda, notariuslar faoliyati ham takomillashmoqda, bosqichma-bochqich xususiy notariuslar o‘z faoliyatini boshladi. Xalq sarson bo‘lib huquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha notariuslarni izlab yurmaydi. Xususiy notariuslar ko‘paysa, ular orasida sog‘lom raqobat kuchayadi. Bu esa fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini kafolatlaydi.

Birgina misol, 2015 yilda Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan 20 ta qonun qabul qilingan. Endi e’tibor bering, 2019 yilning o‘zida 85 ta qonun qabul qilingan. Asosiy masala bu hujjatlarning ijrosini ta’minlash va undagi qoidalarni amalda tatbiq etishdir.

– Adliya deganda ko‘z oldimizda adolat, insonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, davlat va xalq o‘rtasidagi huquqiy mezon bo‘la oladigan tarozi gavdalanadi. Xo‘sh, bu borada viloyatda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Shu o‘rinda Hazrat Navoiyning “Manga qilsa yuz jafo, bir qatra faryod aylamam, Elga qilsa bir jafo, yuz qatra faryod aylaram” misrasiga alohida urg‘u bermoqchiman. Bobomiz agar menga yuz jafo qilsang ham parvoyimga kelmaydi, ammo xalqqa bir jafo qilsang, yuz bora faryod chekaman deya shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo‘ymoqdalar. Bu esa bizdek davlat xizmatchilaridan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2019 yilda 3162 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu 2018 yilga nisbatan 1676 ta, qariyb 2 barobar ko‘p. O‘tgan 2019 yilda boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga jami 86 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 56 ta ko‘p.

– Jamiyatda qonunning bir xilda ta’minlanishi eng asosiy omildir. Bu borada hududda qanday ishlar qilinmoqda?

Mamlakatimizda hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarlicha qonunchilik bazasi shakllantirildi va tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 2019 yil davomida qonun hujjatlarini takomillashtirish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Adliya vazirligiga 150 ga yaqin taklif hamda 1 ta qonun hujjatlarining loyihalari ishlab chiqildi.

Shuningdek, tuman shahar adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab 2019 yilda sudlarga 1 924 217 ming so‘mlik 912 ta da’vo arizalari kiritilgan. Kiritilgan da’vo arizalariga asosan 1 458 515 ming so‘mi pul mablag‘lari undirilishi ta’minlangan.

Boshqarma tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari yuzasidan sudlarga 7, 6 mlrd. so‘mlik 1000ga yaqin ta da’vo arizalari kiritildi. Bu shunchaki summa emas, bu mamlakatimiz farovonligi va iqtisodiyotimiz drayveri bo‘lgan tadbirkorlarimiz uchun bukilmas iroda, kelajakka ishonch degani.

Xitoy faylasufi Konfutsiyning “Agar rejangiz bir yillik bo‘lsa sholi eking, o‘n yillik bo‘lsa daraxt eking, bir umrlik bo‘lsa, bolalaringizni tarbiyalang”, iborasiga qaratmoqchiman. Demak bundan 1000 yil oldin berilgan maslahat xuddi bugunni ko‘rib aytilgandek.

Aholiga huquqiy maslahatlar berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida aholi, tashkilot va idoralar shuningdek, fuqarolar yig‘ini xodimlaridan iborat 10 ta tuman (shahar)larning barchasida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Adliya bilan muloqot” guruhini tashkil etildi.

Navoiy viloyatida yoshlarga orasida “tengdosh-tengdoshga” prinsipi asosida talabalar, yuridik kollej o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilarning “Street law” (Ko‘cha huquqi) guruhi shakllantirilgan.

– 2020 yilda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tizimida qanday reja va maqsadlar ko‘zda tutilmoqda?

Bugun erishilgan muvaffaqiyat siri ertangi omad eshiklari uchun kalit bo‘la olmaydi. Chunki jadal islohotlar idora va rahbarlar yelkasiga favqulodda zalvorli mas’uliyat va vazifa yuklamoqda. Bu esa har bir adliya xodimidan “xalq adliya idoralaridan rozi bo‘lishi kerak” degan hayotiy g‘oyaga og‘ishmay amal qilishni talab etadi.

Albatta, 2020 yil uchun Adliya vazirligi tomonidan belgilangan ish rejadan tashqari, adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham 2020 yil I yarim yilligi davomida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra aholidan kelib tushadigan savollarga huquqshunoslar tomonidan javob berish formatida “Huquqshunos maslahati” nomli maxsus dastur Navoiy viloyat televideniesi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Nuriddin RAHIMOV suhbatlashdi