Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun ekilgan nihollar ertaga tabiatni fusunkor qiladi (+video)
17:21 / 2024-12-02

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 3 yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Milliy gvardiya bo‘linmalarida yaxshi bir tizim yo‘lga qo‘yildi.

Mutaxassislar tavsiyasi asosida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini urug‘ hamda qalamchalardan yetishtirish, ko‘paytirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Hozirda ushbu nihollar bo‘y ko‘rsatib ulgurgan.

Yashin, dub, terak kabi manzarali daraxtlar hamda olma, o‘rik, shaftoli, gilos kabi mevali daraxtlarning qalamchalari ajratilgan bog‘ hududlariga ekilmoqda.

Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligida Jamoat xavfsizligi universiteti hududida tashkil etilgan umumiy maydoni 2,3 gektar bog‘ga mas’ul rahbarlar, harbiy xizmatchilar ishtirokida 5 ming tup, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 20 gektar hududga 8,5 ming tup hamda Sirdaryo viloyatida joylashgan Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi hududiga 1,5 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VK4Oj_6_Grg" title="Bugun ekilgan nihollar ertaga tabiatni fusunkor qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, ko‘chatlar ekiladigan maydonlarga tegishli agrotexnik tadbirlar asosida yerga ishlov berilib, so‘ngra daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Ekilgan daraxtlarni parvarishlash, to‘g‘ri sug‘orish va tabiiy o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Kuzgi daraxt ekish mavsumi” davomida Milliy gvardiyaga biriktirilgan hududlarda 120 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Shu kunga qadar ko‘chatlarning 90 mingga yaqini ekildi va ularni parvarish qilish ishlari olib borilmoqda.

Albatta, “Yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bog‘larga ekilayotgan navnihollar kelgusida katta daraxtlarga aylanib, chor-atrofning go‘zal, yanada fusunkor va tarovatli bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

N.Rahmonova, O‘zA