Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun dunyo “UYDA QOLING!” shiori ostida yashayapti!
10:38 / 2020-04-24

Har bir davrning oʻz qiyinchiliklari, sinovli kunlari boʻladi, albatta!


Har bir davrning oʻz qiyinchiliklari, sinovli kunlari boʻladi, albatta! Buni esa birgalikda hamjihatlik bilan yengish mumkin. Bugun ham mana shunday ogʻir kunlarni boshdan kechiryapmiz. Koronavirus pandemiyasi sabab butun dunyo aholisi yagona – “UYDA QOLING!” shiori ostida yashayapti. Ushbu shior ostida qanchadan-qancha mamlakatlar, ellar birlashmoqda. Pandemiya sabab xalqlar bir-biriga yordam qoʻlini uzatmoqda. Yagona maqsad – tojsimon virusdan qutilish yoʻlida birlashish. Mana bir oydirki, yurtimizda karantin eʼlon qilingan. Bunday qiyin vaziyatdan yoʻqotishlarsiz chiqib ketish maqsadida davlatimiz rahbari boshchiligida zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har bir yigʻilishda koronavirus pandemiyasiga alohida toʻxtalib oʻtadi.

“Biz pandemiya bilan bogʻliq jarayonlarning izidan quvib emas, balki uning barvaqt oldini olish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni va barcha resurslarimizni safarbar etishimiz lozim. Mavjud vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil qilib, boʻlajak xavf-xatarlarni, ular bilan bogʻliq muammolarni oldindan prognoz qilishimiz va ularning yechimiga aniq reja va puxta choralarimiz bilan tayyor turishimiz zarur. Bu kasallikni yengish uchun barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni yana-da kuchaytirishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Yurtboshimiz oʻz maʼruzalarida yana karantin davrida aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlarini toʻliq taʼminlash, narx-navoning oshib ketmasligiga erishish, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarga muruvvat va saxovat koʻrsatish, ularning holidan xabar olish kabi ezgu tashabbuslarni koʻpaytirish haqida ham koʻp bora taʼkidlaydilar. Shuning bilan birga, respublikamiz hududlarida qishloq xoʻjaligida, sanoat va qurilish, iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida, tadbirkorlik subyektlarida ishlarni samarali davom ettirish haqida ham oʻz fikrlarini bildirgan. Shunday ekan, siz ham uyda qolib yuqorida amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan masalalarga oʻz hissangizni qoʻshing! Zero, davlatimiz rahbari eʼtirof qilganidek, kun kutib turmaydi, hayot davom etmoqda. Bugungi yoʻqotilgan vaqt va imkoniyatlarni ertaga tiklab boʻlmaydi.

Shunday sinovli kunlarda yana bir muhim narsani unutmasligimiz lozim. Bu ham boʻlsa, kunni tunga ulab xizmat qilayotgan sogʻligimiz va osoyishtaligimiz qoʻriqchilari boʻlgan shifokorlar, Milliy gvardiya va IIV xodimlari hamda karantin boʻlishiga qaramay faoliyatini davom ettirayotgan ayrim soha vakillariga har kuni oʻz minnatdorchiligimizni bildirib turishimiz kerak! Oʻzingiz va oila aʼzolaringizni asrang! Uyda qoling!

Dilshod Shermatov,
Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligʻi